Islom cheksiz ne'matdir, undan uyalmang.
Ey mo'min va mo'mina do'stlarim, sizga hozir o'z ichingizda kechayotgan g'alayon va tashqaridagi "zamonaviy" taraqqiyot haqida aytib o'tmoqchiman.
Avvalo, islom diniga e'tiqod qilishdan hech qachon uyalmang. Ular sizning tashqi ko'rinishingizni ko'rib kulishlariga, hijobingiz yoki soqilingizni ko'rib, "Zamonda ortda qolibsan", "Eskicha o'qiysanmi", desalar aslo ranjimang. Bular insonlar uchun emas, Robbimiz uchundir.
To'g'ri, yon atrofingiz "madaniyatli" va "zamonaviy" insonlarga to'lib ketgan. Ovqatlanish odoblarida chap qo'l bilan sanchqini ushlab ovqatlanish madaniyatdandir. Ular asl haqiqatdan qancha uzoq bo'lsalar,siz ko'proq oldinga ildimlang. Hech xafa bo'lmang, siz haq yo'lda ekansiz, doimo Alloh siz bilandir, Robbim va'dasiga xilof qilmas.
Siz Musulmonsiz. Hamma nima qilsa, albatta, o'sha ishni bajarib ketadigan, o'z shaxsiy fikridan xoli emassiz. Islomni o'zingizga shunday singdiringki, u bilan o'zingizni shunday ziynatlangki, ular asl zamonaviy hayot qanday ekanligini anglashsin. Sizga qaragan ko'zlar dinimizning qanchalik go'zalligini ich-ichlaridan his qilsinlar.
Ammo hech qachon ulardan nafratlanmang. Sizga qancha yomon muomala qilsalar ham, ularga yaxshi munosabatda bo'ling. Zero, ular sizning xulqingiz ila Islomni ayblashmasin.
Islom - bu ne'matdir, o'ylab ko'ring, bu hikmat bilan muhofazalanmaganimizda nima bo'lardi?! Qay ahvolda bo'lardik?!
Alloh yordamchimiz bo'lsin.
3-kurs talabasi Sattorova Ozoda
@juyborikalon🕊
Izoh qoldirish