27.11.2026

BOBODAN NABIRAGA BITILGAN MAKTUB — MEHR, MAS’ULIYAT VA MA’RIFAT SABOĞI

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabiralariga yöllagan maktubidan olgan taassurotlarim

              Ba’zan inson qalbiga yetib boriş uçun uzun-uzun ma’ruzalar, balandparvoz sözlar yoki murakkab iboralar şart emas. Samimiyat bilan aytilgan bir oğiz söz, mehr bilan yozilgan bir maktub, hayotiy tajribaga asoslangan birgina nasihat inson tafakkurini uyğotişi, qalbida yangi his-tuyğularni şakllantirişi mumkin. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan maktubini mutolaa qilar ekanman, aynan şunday çuqur taassurotlarni boşdan keçirdim. Maktubning har bir satrida boboning nabirasiga bölgan mehr-muhabbati, hayotiy tajribasi, ezgu orzu-niyatlari bilan birga, butun bir xalqning kelajagi uçun qayğurayotgan davlat rahbarining mas’uliyat hissi ham mujassam. Eng muhimi, bu maktub faqat bir nabiraga atalgan oilaviy murojaat bölib qolmay, unda butun Özbekiston yoşlari uçun zarur bölgan hayot saboqlari, tarbiyaviy ögitlar va ma’naviy da’vatlar öz ifodasini topgan.

Maktubning dastlabki satrlaridagi “közimning oq-u qorasi, umrimning davomçisi bölgan nabiram” degan samimiy murojaatning öziyoq inson qalbiga iliqlik bağişlaydi. Bu sözlarda nafaqat boboning nabiraga bölgan mehri, balki avlodlar örtasidagi ma’naviy boğliqlik, davomiylik va vorislik tuyğusi aks etadi.

Meni ayniqsa, maktubdagi bir jihat çuqur öylantirdi: nabiraning “Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan beğubor savoliga berilgan javob. Bu savol oddiy bolalarça qiziqişdan tuğilgan bölsa-da, unga berilgan javob ortida ulkan hayotiy falsafa mujassam. Prezidentimiz öz faoliyatini faqat oilasi yoki yaqinlari oldidagi burç bilan çegaralamaydi. U millionlab yurtdoşlarining, ayniqsa, kelajak avlodning taqdiri uçun mas’ul ekanini ta’kidlaydi. Maktubdagi “millatning dardiga darmon bölişdan köra a’lo va afzal iş yöq” degan mazmundagi fikr insonni el-yurt xizmatiga sadoqat bilan yaşaşga undaydi. Bu örinda bir haqiqatni anglaymiz: insonning haqiqiy qadri uning egallagan lavozimi, mol-dunyosi yoki jamiyatdagi mavqei bilan emas, balki xalqiga, oilasiga va atrofidagi insonlarga keltirgan foydasi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, xalq xizmatini şaraf deb bilgan insonning hayoti mazmunli, mehnati esa barakali böladi. 

Maktubning meni eng köp ta’sirlantirgan qismlaridan biri — Prezidentimizning öz bolalik xotiralari bilan örtoqlaşganidir. U kişi nabirasiga özining maşaqqatli bolaligi, yozning jaziramasida ğöza çopgani, izğirin sovuqda paxta tergani, maktabdagi öqiş yillarining bir qismi dalada ötganini bayon qiladi. Bu satrlarni öqib, inson beixtiyor özining bolalik yillarini, ota-onalarimiz va bobo-buvilarimizning zahmatli hayotini eslaydi. Bugungi avlod uçun yaratilayotgan imkoniyatlar öz-özidan paydo bölmaganini, ularning ortida qança mehnat, maşaqqat va fidoyilik mujassam ekanini çuqurroq anglaydi. Ayniqsa, bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytariş, ular uçun zamonaviy ta’lim muassasalari barpo etiş, sifatli darsliklar va bilimli öqituvçilar tayyorlaşga qaratilgan sa’y-harakatlar haqidagi fikrlar yoş avlod tarbiyasi davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri ekanini körsatadi. Bu örinda özim uçun şunday xulosa çiqardim: farzandlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlaşni, ularning ortida turgan mehnat va fidoyilikni anglaşni ham örgatişimiz kerak. Çunki ne’matning qadriga yetgan inson şukronali, mas’uliyatli va mehnatsevar bölib voyaga yetadi.

Maktubda Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimizning nomlari alohida ehtirom bilan tilga olinadi. Bu nomlar şunçaki tarixiy şaxslar nomi emas. Ular ilmga sadoqat, tafakkur kengligi, ma’rifatga intiliş, xalq va insoniyat ravnaqi yölida xizmat qilişning yorqin timsollaridir. Imom Buxoriy hadis ilmining buyuk namoyandasi, Beruniy ilmiy tafakkurning yuksak namunasi, Ibn Sino tibbiyot va falsafa olamining ulkan dahosi, Mirzo Uluğbek falakiyot ilmining zabardast vakili, Alişer Navoiy esa ma’naviyat va adabiyotimizning bebaho siymosidir. Ularning hayot yöli bizga bir haqiqatni örgatadi: buyuklik öz-özidan kelmaydi. Buning uçun tinimsiz izlaniş, sabr, mehnat, ilmga muhabbat va qat’iyat zarur.

Maktubning asosiy ğoyalaridan biri, şubhasiz, ilm-ma’rifatning inson hayotidagi beqiyos örnidir. Unda yoşlarga barça fanlarni qunt bilan özlaştiriş, öz qobiliyatini töliq namoyon etiş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklarini kuzatib boriş, yangi bilim va könikmalarni egallaş zarurligi uqtiriladi.“Bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir” degan mazmundagi fikr bugungi kun uçun nihoyatda dolzarbdir. Çunki insonning mol-dunyosi kamayişi, moddiy boyliklari yöqolişi mumkin. Ammo uning qalbiga singgan ilm, tafakkur va hayotiy tajriba heç qaçon öz qadrini yöqotmaydi. Bugungi kunda ilm oliş imkoniyatlari kengayib, axborot manbalari köpayib bormoqda. Biroq imkoniyatning köpligi har doim ham bilimning köpligini anglatmaydi. Muhimi, insonning özi izlanişi, öqişi, örganganlarini hayotda qöllay bilişidir. Maktubda zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalaniş, ammo ularga qaram bölib qolmaslik haqidagi nasihat ham alohida e’tiborga loyiq.

Prezidentimiz nabirasiga vaqtning inson hayotidagi eng bebaho ne’matlardan biri ekanini tuşuntiradi. “Vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir”, degan mazmundagi fikr har bir insonni öz hayotiga nazar taşlaşga undaydi. Bugungi yoşlar orasida vaqtni samarasiz maşğulotlarga sarflaş, ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt qolib ketiş, muhim işlarni ortga suriş kabi holatlar uçrab turadi. Har bir kunni yangi bilim, foydali mehnat, ezgu amal va yaxşi xulq bilan bezaş insonni kamolot sari yetaklaydi. Şu sababli yoş avlodga vaqtni rejalaştiriş, maqsad bilan yaşaş, bugungi işni ertaga qoldirmaslik fazilatlarini singdirişimiz zarur.

Maktubda inson hayotida har doim ham hamma narsa köngildagidek keçavermasligi, ayrim paytlarda muvaffaqiyatsizliklar, qiyinçiliklar va sinovlarga duç keliş tabiiy hol ekani ta’kidlanadi. Bunday vaziyatlarda şoşqaloqlik va umidsizlikka berilmasdan, sabr va irodaga tayaniş lozimligi uqtiriladi. Çunki bugungi kunda köpçilik insonlar muvaffaqiyatga tez va oson erişişni istaydi. Biroq har qanday yutuqning ortida mehnat, izlaniş, xatolardan saboq çiqariş va qat’iyat bilan harakat qiliş mujassam. Muvaffaqiyatsizlik insonning qobiliyatsizligini anglatmaydi. Aksinça, u öz xatolarini anglaş, tajriba orttiriş va yanada kuçli böliş uçun imkoniyatdir. Sabr bilan qilingan mehnat, qat’iyat bilan qöyilgan qadam va ezgu niyat bilan boşlangan iş, albatta, öz samarasini beradi.

Prezidentimiz özga yurtlarda safarda bölganida Özbekistonni soğinişi, milliy bayroğimizga qarab Vatan tuyğusini his etişi haqida yozadi. Vatan — inson tuğilib ösgan tuproq, ota-onasi, oilasi, ajdodlari, ona tili, milliy qadriyatlari, tarixiy xotirasi va kelajagidir. Qaysi kasb egasi bölişimizdan qat’i nazar, öz işimizni vijdonan bajarişimiz, jamiyatga naf keltirişimiz, yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişimiz — Vatanga muhabbatning amaliy ifodasidir. Islom ma’naviyatida ham gözal xulq, halollik, ota-onaga hurmat, insonlarga yaxşilik qiliş va omonatga sadoqat yuksak qadriyatlar sifatida uluğlanadi. Qur’oni karimda ezgulik va taqvoda hamkorlik qilişga da’vat etilişi ham inson hayotida yaxşi amallar naqadar muhim ekanini körsatadi. Farzandlarimizga faqat bilim beriş bilan çeklanmay, ularning qalbida mehr-şafqat, rahmdillik, adolat, vijdon va mas’uliyat tuyğularini ham tarbiyalaşimiz lozim. Çunki ilm insonni yuksaltirsa, odob uni bezaydi. Ilm va odob uyğunlaşgan joyda esa haqiqiy insoniy kamolot yuzaga keladi. Uşbu maktubni öqib, bir narsani çuqur his qildim: farzand va nabiralarimizga qoldiradigan eng katta merosimiz moddiy boylik emas, balki ularning qalbiga singdirgan tarbiyamiz, bergan bilimimiz, körsatgan ibratimiz va hayot yöllariga nur böladigan nasihatlarimizdir.

Maktubdagi prezidentimizning nabirasiga murojaati aslida har bir ota-ona, har bir bobo-buvi, har bir ustoz va murabbiy uçun ham katta ibrat maktabidir.

Biz ham farzandlarimizga köproq vaqt ajratişimiz, ular bilan samimiy suhbatlaşişimiz, hayotiy tajribalarimizni örtoqlaşişimiz, ularni ilm olişga, kitob mutolaasiga, ezgu işlarga va mustaqil fikrlaşga undaşimiz kerak. Ustoz-murabbiy sifatida yoş avlodga ta’lim beriş bilan bir qatorda, ularning qalbida ma’naviy immunitetni şakllantiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş har birimizning şarafli burçimizdir. Tarbiya bir kunlik jarayon emas. U sabr, mehr, e’tibor va izçil mehnat talab qiladigan mas’uliyatli vazifadir.Prezidentimizning nabirasiga yöllagan uşbu maktubi men uçun oddiy murojaat emas, balki mehr va mas’uliyat, ilm va ma’rifat, sabr va matonat, Vatan va insoniylik haqidagi hayotiy saboqlar majmuasi böldi. Undagi har bir nasihat ortida bir umr davomida orttirilgan tajriba, xalq taqdiri uçun qayğuriş, kelajak avlodga işonç va ezgu orzular mujassam. Maktubni öqib, özimga bir savol berdim: biz bugun kelajak avlodga qanday iz qoldiryapmiz? Ularga qanday hayot saboğini beryapmiz? Bizdan keyingi avlod bizni qanday insonlar sifatida eslaydi? Bu savollar har birimizni özimizga nazar taşlaşga, faoliyatimizni sarhisob qilişga va yanada mas’uliyat bilan yaşaşga undaydi. Kelajak avlod bizdan faqat aytilgan sözlarni emas, balki qilgan amallarimizni ham meros qilib oladi.  Zero, bugun qalblarga ekilgan ma’rifat uruği ertaga kamolot daraxtiga aylanadi. Ana şu daraxtning mevasi esa ilmli, odobli, vatanparvar va ma’naviy barkamol avlod bölib yetişadi.

M.Inoyatova 

“Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta maxsus islom ta’lim muassasasi
Ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça yoşlar bölimi uslubçisi:                     

 

Izoh qoldirish