10.11.2026

BAĞRIKENGLIK – TINÇLIK VA BARQARORLIK ASOSIDIR

           Bugungi globallaşuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan şiddatli davrda jamiyatda tinçlik, totuvlik va barqarorlikni saqlaş, turli millat hamda din vakillari örtasida özaro hurmat muhitini mustahkamlaş dunyo miqyosidagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ayniqsa, yoş avlod qalbida diniy bağrikenglik (tolerantlik), soğlom dunyoqaraş, yuksak ma’naviyat va mafkuraviy immunitetni şakllantiriş — bugungi kunning keçiktirib bölmas vazifasidir. Hozirgi murakkab geosiyosiy şaroitda fikrga qarşi fikr, ğoyaga qarşi ğoya, jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşiş har qaçongidan köra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demak, yoşlarimiz har xil oşkora va pinhona körinişdagi ma’naviy tahdidlarga, yot ğoyalarga qarşi tura oladigan, mustaqil fikrlaydigan, milliy qadriyatlariga sodiq, irodasi mustahkam, sabr-bardoşli va zamon bilan hamnafas insonlar bölib voyaga yetişlari şart.
Bağrikenglik — bu şunçaki sabr qiliş yoki yon bosiş emas. Bu — turli din, e’tiqod va madaniyat vakillarining özaro hurmat, hamjihatlik hamda tinç-totuvlik asosida yaşaş san’atidir. Uşbu umumbaşariy qadriyat insonlarni bir-birining diniy qaraşlarini hurmat qilişga, millati, tili va ijtimoiy kelib çiqişidan qat’i nazar, inson degan yuksak nomni qadrlaşga undaydi. Bizning muqaddas islom dinimiz ham azaldan insonlar örtasida mehr-oqibat, adolat, tinçlik va özaro hurmatni tarğib etib keladi. Bu borada Qur’oni karimning “Hujurot” surasi 13-oyatida şunday marhamat qilinadi:

                                     يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ 
 
“Ey odamlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik va sizlarni özaro tanişişingiz uçun xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir”. Mazkur oyati karima insonlar örtasidagi milliy, irqiy va ijtimoiy farqlar aslo bir-biridan ustun böliş mezoni emasligini, haqiqiy fazilat insonning taqvosi, gözal odobi va qilayotgan ezgu amallarida namoyon bölişini yaqqol anglatadi.
Islom dini boşqa din vakillariga nisbatan har doim bağrikenglik bilan munosabatda bölişni buyuradi va e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Bunga “Baqara” surasining 256-oyatidagi mana bu qat’iy hukm yorqin dalildir:
 
                  لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ الرُّشْدُ مِنَ الْغَيِّ ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِن بِاللَّهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَىٰ لَا انفِصَامَ لَهَا ۗ وَاللَّوُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
 
“Dinda majburlaş yöq. Batahqiq, haq botildanmajradi. Kim toğutga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqiçni uşlagan böladi. Va Alloh eşituvçi, bilguvçi Zotdir.”
Bu ilohiy qoida har bir insonning vijdon va e’tiqod erkinligini muqaddas deb biladi. Şuningdek, boşqa e’tiqod egalari bilan muloqot qilganda ham yuksak madaniyat va çiroyli uslubdan foydalaniş lozimligi “Ankabut” surasining 46-oyatida quyidagiça uqtiriladi:
 
          وَلَا تُجَادِلُوا أَهْلَ الْكِتَابِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِلَّا الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوا آمَنَّا بِالَّذِي أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَهُنَا وَإِلَهُكُمْ وَاحِدٌ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ
 
“Ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boşqalari bilan faqat yaxşi uslubda mujodala etinglar va ularga: “Özimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik,bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz unga böysunguvçimiz”, deganlar.”
 

            Bağrikenglik nafaqat sözda, balki amalda ham namoyon bölişi şart. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) özlarining hayot yöllari va hadisi şariflarida uşbu tamoyilni butun başariyatga dars qilib ketganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasulullohdan (s.a.v.): “Alloh taologa qaysi din sevikliroq?” deb söralganda, U zot: “Samimiy va bağrikeng din (ya’ni haq yöldan oğişmagan, oson va kengfe’lli din)”, deb javob berganlar. Boşqa bir muborak hadisda esa bağrikenglik va keçirimlilik jamiyat barqarorligining asosi ekani şunday ta’kidlanadi: “Boşqalarga kengfelli (bağrikeng) böling, şunda sizga ham kengfellik qilinadi” (Imom Ahmad rivoyati). Özbekiston ziyorat turizmi va madaniyatlar çorrahasi sifatida asrlar davomida turli millat va din vakillari tinç-totuv yaşab kelgan bağrikenglik ölkasidir. Ajdodlarimiz meros bölgan bu qadriyat bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng muhim yönalişlaridan biriga aylangan.
So’zimizni oxirida, bağrikenglik — jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşişning eng ta’sirçan qurolidir. Qaçonki jamiyat a’zolari, ayniqsa yoşlar, muqaddas manbalarda va milliy qadriyatlarimizda uluğlangan uşbu olijanob tamoyillarni özlariga hayotiy dastur qilib olsalar, har qanday yot ğoya va tahdidlar öz-özidan çippakka çiqadi. Zero, bağrikenglik bor joyda tinçlik, tinçlik bor joyda esa taraqqiyot va barqarorlik baravj böladi.
 
                                                                                                                                                 M.Inoyatova
                                                         “Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta maxsus islom ta’lim muassasasi
                                                           Ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça yoşlar bölimi uslubçisi

Izoh qoldirish