IYMONGA MOS KELMAGAN KIYIM TO‘G‘RISIDA
Davrimiz ayolining dindorlik, axloq, nomus haqidagi tushunchalari bilan birga yoqasi ochiq ko‘ylaklar kiyishi, ochiq-sochiq yurishi ichki dunyosi bilan zidlashadi. Uyida erlariga hokisorona muomala va ko‘rinishda bo‘lib, tashqarida begona ko‘zlarga go‘zal ko‘rinish ehtiyojini his etgan ayollar boshqalarga nisbatan har qancha yaxshi niyatli, xolis, pok qalbli ekanliklarini so‘zlasalar-da, bu ishlari o‘z qadr-qimmatlariga qarorlariga muvofiq harakat emasligini o‘zlari ham juda yaxshi tushunmoqdalar. Islomda kiyim odam tanasini ko‘z-ko‘z yoki namoyish qilish uchun emas, o‘ranish, berkitish uchun kiyiladi. Kiyim jinsiy maylni kuchaytirmoq, uyg‘otmoq uchun emas, aksincha tinchlantirmoq, kamaytirmoq uchundir. Ma’naviy yuksalish insonni moddiy mashaqqatga tashlamaydi. Islom faqat moddiyatga yo‘l ko‘rsatib, uni nazorat qiladi. Dinning g‘oyasi jismga bee’tiborlik yoki insonni dunyodan uzoqlashtirish emas, Islom inson hissiyotlarining mo‘’tadilligini saqlaydi.
O‘zini faqat tanadan iborat deb bilib, jismdan foydalanishdan boshqa narsani o‘ylamaydiganlardan bo‘lmasligi uchun o‘lchov, chegara qo‘yadi. Shunday ekan dinimiz inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi ta‘limot bo‘lgani uchun unda hatto libos masalasiga ham katta ahamiyat barilgan. Musulmon sifatida biz dinimizga diyonatimizga boamal bo‘lishimiz farzdir.
“Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi I.Usta-Alimova
Izoh qoldirish