26.09.2026

O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI TARIXI: ASRLAR QA’RIDAN YANGI O‘ZBEKISTONGACHA

Mustaqillik — birgina sana yoki davlatning siyosiy maqomi emas. Mustaqillik — bu xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z tili, dini, milliy qadriyatlari vatarixiga egalik qilishi, kelajagini o‘z qo‘li bilan bunyod etish huquqidir.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda e’lon qilingan bo‘lsa-da, xalqimizning ozodlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan intilishi bundan ancha qadimiydir. Bu yo‘l asrlar davomida shakllangan davlatchilik an’analari, Vatan himoyasi uchun jon fido qilgan ajdodlar, ma’rifat va milliy uyg‘onish uchun kurashgan jadidlar hamda XX asrda milliy o‘zlikni saqlab qolishga intilgan avlodlar hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Ajdodlarimiz merosida davlatchilik va ozodlik g‘oyasi
Bugungi O‘zbekiston hududi qadimdan yirik davlatlar, ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Xorazm, Sug‘d, Qang‘, Kushon, Somoniylar, Qoraxoniylar, Temuriylar va boshqa davlatlar tariximizda o‘ziga xos iz qoldirgan. Bu tarixda yurt ozodligi va davlat mustaqilligi yo‘lida kurashgan buyuk siymolar alohida o‘rin tutadi.XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatiga mo‘g‘ullar bosqini xavf solgan paytda Jaloliddin Manguberdi Vatan himoyasi uchun kurashgan eng mashhur sarkardalardan biriga aylandi. U 1221-yilda Parvona jangida mo‘g‘ul qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozondi. Keyinchalik Hind daryosi bo‘yidagi jangda ham katta jasorat ko‘rsatib, daryodan ot bilan sakrab o‘tib qutulganligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Jaloliddinning hayoti bizga bir haqiqatni eslatadi: Vatan himoyasi insondan ba’zan eng oliy qurbonlik — jonini fido qilishni ham talab etadi. XIV–XV asrlarga kelib esa Amir Temur davrida kuchli markazlashgan davlat barpo etildi. Amir Temur 1370-yilda Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga olib, markazlashgan davlatni mustahkamladi. Uning davrida Samarqand yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Temuriylar davrida ilm-fan, me’morchilik va madaniyat taraqqiy etdi. Mirzo Ulug‘bekning astronomiya sohasidagi ishlari, Samarqand rasadxonasi buning yorqin dalilidir.Demak, Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasidagi jasorati, Amir Temurning kuchli davlatchilik tajribasi, Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti— bugungi mustaqil O‘zbekiston tarixining uzoq ildizlarini tashkil etadi. Jadidlar — milliy uyg‘onish va ozod tafakkur namoyandalari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hayotidayangi bir harakat — jadidchilik vujudga keldi. Jadidlar xalqning taraqqiyoti va ozodligi avvalo ilm, ma’rifat, zamonaviy ta’lim va milliy ong orqali ta’minlandilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa jadidlar maktabochish, darsliklar yaratish, gazeta-jurnallar chiqarish, teatr va adabiyot orqali xalqning dunyoqarashini o‘zgartirishga harakat qildilar.
Ularning maqsadi shunchaki ta’lim tizimini yangilashmas edi. Jadidlar milliy o‘zlikni anglash, xalqning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, Turkistonningo‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatini kengaytirish g‘oyalarini ham ilgari surdilar. 1917-yilda Rossiya imperiyasida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Turkistonda ham siyosiy faollik kuchaydi. Jadidlar tashabbusi bilan turli siyosiy tashkilotlar va qurultoylar tashkil etildi. 1917-yil noyabrida Qo‘qonda Turkiston Muxtoriyati e’lon qilindi.U uzoq yashamadi: 1918-yil fevralida bolshevik kuchlari tomonidan tugatildi. Shunga qaramay, Turkiston Muxtoriyati xalqimiz tarixida o‘z taqdirinio‘zi belgilashga qaratilgan muhim siyosiy tajriba sifatida qoldi. Jadidlarning ko‘pchiligi keyinchalik sovet qatag‘onlari qurboniga aylandi. Behbudiy 1919-yilda qatl etildi. 1937–1938-yillardagi qatag‘onlarda Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va boshqa ko‘plab milliy ziyolilar jazoga tortildi. Jadidlarning qatag‘on qilinishi xalqning milliy uyg‘onish jarayoniga og‘ir zarba bo‘ldi. Ammo g‘oyani qatl qilib bo‘lmaydi. Jadidlar orzu qilgan ma’rifatli, o‘zligini anglagan va o‘z kelajagini o‘zi belgilaydigan xalq g‘oyasi keyingi avlodlar xotirasida yashab qoldi. Mustaqillik sari bosqichma-bosqich yo‘l O‘zbekiston mustaqillikka birdaniga kelib qolmadi. Butarixiy jarayon bir necha muhim bosqichlardan iborat bo‘ldi.1989-yil iyun oyida Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibietib saylandi. 1990-yil 24-martda esa O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimi ta’sis etilib, Islom Karimov Prezident etib saylandi. 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi. Bu hujjat O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy jihatdan mustaqillikka tomon tashlagan muhim qadamlaridan biri bo‘ldi. 1991-yil avgustida Sovet Ittifoqida siyosiy inqiroz keskinlashdi. Ana shunday murakkab sharoitda O‘zbekiston o‘z taqdirini mustaqil belgilash yo‘lidanbordi. 1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida davlat mustaqilligi e’lon qilindi. O‘zbekiston SSR nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi va davla mustaqilligining huquqiy asoslarini belgilovchi Ronanqabul qilindi. 1-sentabr Mustaqillik kuni deb e’lonqilindi. 35 yillik mustaqillik va Yangi O‘zbekiston 2026-yil O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi nishonlanayotgan yil sifatida tariximizda alohida ahamiyatga ega. O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida o‘z siyosiy, iqtisodiy va huquqiy tizimini shakllantirdi. O‘zbekiston mustaqilligi — tariximizning eng buyuk va eng mas’uliyatli sahifalaridan biridir. Bu mustaqillikning ildizlarini Jaloliddin Manguberdining qilichidan, Amir Temurning davlat qurish tajribasidan, Mirzo Ulug‘bekning ilmga bo‘lgan ishonchidan, jadidlarning ma’rifatparvarlik g‘oyalaridan, qatag‘on yillarida ham milliy ruhini yo‘qotmagan ajdodlarimizning matonatidan izlash mumkin.1991-yil 31-avgust esa anashu uzoq tarixiy jarayonning buyuk burilish nuqtasiga aylandi. O‘sha kuni xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini davlat mustaqilligi shaklida namoyon etdi. Bugun biz 35 yillik mustaqillik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bir haqiqatni chuqur anglashimiz kerak: mustaqillik bizga faqat faxrlanish uchun emas, uni asrash va munosib davom ettirish uchun berilgan buyuk ne’matdir. Vatan — xaritadagi hudud emas. Vatan — ajdodlarimizning xotirasi, ota-onamizning duosi, bolaligimiz o‘tgan ko‘chalar, ona tilimizda aytilgan ilk so‘zlar va kelajak avlodga qoldiradigan merosimizdir. Mustaqillikni qadrlash — faqat bayram kunlari bayroq ko‘tarish emas. Uni qadrlash — yaxshi o‘qish, halol mehnat qilish, qonunlarga hurmat bilan qarash, ona tilimizni asrash, tariximizni bilish, Vatan ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishdir. Mustaqillik — ajdodlar orzusi, bugungi avlodning mas’uliyati va kelajak avlodning omonatidir.

Sanoqulova Sumayya

“Jo`ybori Kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi 2-bosqich talabasi 

Izoh qoldirish