«𝗦𝗲𝘃𝗶𝘀𝗵𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿 𝗸𝘂𝗻𝗶» - 𝗯𝗮𝘆𝗿𝗮𝗺 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗻𝗶𝗾𝗼𝗯𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗿𝗮𝘇𝗶𝗹𝗹𝗶𝗸
Alloh aytadi: «Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o‘shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da’vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan» (Haj surasi, 67 oyat). Avliyo Valentin kuni. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, u nima – dunyodagi barcha sevishganlar nishonlaydigan bayrammi yoki razolat, fahsh tantanasi kunimi? Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ichkilikbozlik, axloqiy buzuqlikni targ‘ib qilish, abortlar, giyohvandlik, niqoblanmagan yovuzlik – mana shular «Sevishganlar kuni»ning asl mohiyatini ochib beruvchi xatarlardir. Ma'lumotlarga qaraganda, zamonaviy insonga kerak bo‘lgan eng muhim narsa «jinsiy yaqinlik erkinligi» ekanligi onglarga singdirilishi oqibatida so‘nggi yuz yil ichida ginekologlarning kabinetlarida abortlar natijasida urushlardagidan ko‘ra ko‘proq jonlar qurbon bo‘lgan. Bugunga kelib abort qilingan chaqaloqlarning to‘qimalaridan tibbiyotda, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarishda va oziq-ovqat sanoatida foydalanish taklif qilinmoqda. «Sevishganlar kuni»da shu kuni sovg‘a qilinadigan gullar, tabrik otkritkalari, dil so‘zlari aks etgan oh-vohli she'rlar ortida bugun o‘zini jahon sivilizatsiyasi va demokratiya makoni, deb atayotgan G‘arbda yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorindek urchib borayotgan ayollarni kamsitish, ularni tahqirlash, bir jinsli aloqalarning va eng dahshatlisi «oila»larning targ‘iboti, yolg‘on, qanday yo‘llar bilan bo‘lmasin pul topish kabi illatlar yashirin. Balki siz gapimizga ishonmayotgandirsiz. Unda keling, tarixga nazar tashlaymiz. Qadimda har yili 15 fevralda fahsh botqog‘iga botgani bois asta-sekin chirib, poydevoriga putur yetib borayotgan Rim imperiyasida tiyiqsiz ishqiy munosabatlar ilohasi Junna Fubriat sharafiga fahsh va razolat asosiga qurilgan festival o‘tkazilgan. Guruh bo‘lib ishqiy munosabatga kirishish, bachavozlik, hatto hayvonlar bilan yaqinlik kabi eng chirkin, iflos odatlarni targ‘ib qiluvchi festivalda ishtirok etishga hamma oshiqardi. Shu kuni may ichib mast bo‘lgan erkaklar yalang‘och holda ko‘chaga chiqib, ayollarni ho‘kiz terisidan to‘qilgan qamchi bilan savalaganlar. Eramizning 5-asri oxiriga kelib, Gelasiy I rahbarligidagi Rim cherkovi ushbu bayramni taqiqlashga harakat qilib ko‘radi. Eng qizig‘i, bu borada cherkov g‘ayriodatiy yo‘l tutadi, ya'ni bayramni 15 fevraldan 14 fevralga ko‘chirib, avliyo Valentinni ushbu bayramning ilohiy rahnamosi deb e'lon qiladi. O‘rta asrlarda yaratilgan «Oltin afsona» nomli kitobga ishonadigan bo‘lsak, imperator bilan uchrashgandan keyin Valentin zindonga tashlanadi. Aytishlaricha, shu yerda u zindon boshlig‘ining qizi Juliyani og‘ir darddan xalos etadi. «Oltin afsona»ning muallifi Yakob Vorotinskiy o‘z asarlarida tarixni bo‘rttirib, ba'zan buzib ko‘rsatishni, hatto yolg‘on ishlatishni yaxshi ko‘rgan. Ammo u ham o‘z asarida Valentin va Juliya o‘rtasida qisqa muddatli ishqiy munosabatlar bo‘lganligi haqida yozishdan tiyiladi. Bu narsani asarga keyinchalik uni qayta ko‘chirgan xattotlar qo‘shib chatishgan. Qiziq, diniy ta'limotga ko‘ra ayollar bilan yaqin munosabatda bo‘lishi taqiqlangan ruhoniy qanday qilib, «Sevishganlar kuni» deb atalgan soxta bayramning ramziga, ilohiy timsoliga aylanib qoldi ekan-a? Ushbu bayram o‘zlari uchun har tomonlama – ham iqtisodiy, ham mafkuraviy jihatdan foydali bo‘lgan kimsa va kuchlar uchun go‘yoki sevishganlar tarafini olib johil imperatorga qarshi bosh ko‘targan ruhoniy timsoli juda kerak va ular ushbu nuqtai nazarni zo‘r berib himoya qilishadi, turli vositalar bilan targ‘ib etishadi. Internetda yana qiziq ma'lumotlarga duch keldim. Bugunga kelib, har yili 14 fevral kuni dunyo bo‘yicha 1 milliard donadan ortiq «valentinka» sotiladi. Ana shu otkritkalarning 85 foizini hissiyotlarga beriluvchan ayollar va yoshlar sotib olishar ekan.
Payg‘ambarimiz Muhammad (sollalohu alayhi vasallam) musulmonlarga kofirlarning marosimlari va odatlariga taqlid qilishni taqiqlaganlar, chunki tashqi ko‘rinishdan ularga o‘xshashlik o‘z ortidan ularga ruhan yaqinlikka sabab bo‘lib, musulmonlarni ularning xulqi va harakatlariga rozi bo‘lishiga majburlaydi. Va, aksincha, ulardan tashqi ko‘rinishdan ajralib turishlik Allohga ishonuvchilar uchun ular bilan ruhan yaqinlashmaslik va ularning yomon harakatlarini oldini olishga yordam berib, Allohning qahriga duchor bo‘lishdan va Allohning marhamatidan mahrum bo‘lishdan asraydi. Abu Dovud ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v) aytdilar: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas u o‘shalardandir» Shu bois aziz dindoshim OGOH BO'LING. O'zingizni boshqa din vakillariga qiyoslamang. Zero, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarda kelganidek mahshar kunida o'sha qavm bilan tirilishingiz mumkinligini yodingizda tuting!
Жўйбори Калон ўрта махсус таълим муассаса 2 курс талабаси Ахмадова Ш.
Izoh qoldirish