
HANAFIYLIK MAZHABINING MOVAROUNNAHR VA BOSHQA HUDUDLARGA TARQALISHI.
HANAFIYLIK MAZHABINING MOVAROUNNAHR VA BOSHQA HUDUDLARGA TARQALISHI.
Mo‘tabar manbalardan birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim SHoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo‘shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida SHoshda turganida Hajjojning o‘limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg‘uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo‘lga tushdi”. (Abu Ja’far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent, Fan” 1987, 144). O‘rta Osiyoga islom dini mana shu paytlardan boshlab tarqala boshladi.
Abu Hafs Kabir roh.a. hanafiy mazhabining fiqhini O‘rta Osiyo va Movarounnahrda tarqalishida jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, uning oilasi, xususan, o‘g‘li Abdullohning bu borada xizmati buyuk bo‘lgan. SHuning uchun ham uni Abu Hafs Sag‘ir, ya’ni kichik Abu Hafs deb atashgan.
Abu Hanifa roh.a. asos solgan mazhab VIII asr o‘rtalarida, uning hayotlik chog‘idayoq tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin, jumladan,O‘rta Osiyo va Movorounnahrga etib kelgan edi.
Muhammad ibn Hasan SHayboniy roh.a.ning mumtoz shogirdlaridan biri bo‘lmish Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (832yil) roh.a. birinchi bo‘lib, IX asr boshlarida ushbu mazhab ta’limotining haqiqiy tashuvchisi sifatida o‘z vataniga qaytib keldi. Buxoro shahrini Hanafiylikning muhum markazlaridan biriga aylantirdi. Uning tarbiyasi otasida bir guruh faqihlar, jumladan, o‘z davrida Hanafiy mazxabining shayxi va salohiyatli vakili bo‘lgan uning o‘gli Abu Hafs Sag‘ir Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs r.a. yuksak darajali faqih martabasiga etgandir.
Movarounnahrga Islom dini kirib kelganidan so‘ng juda ko‘pchilik Kufaga borib, Imomi A’zam Abu Hanifa roh.a.ning ta’limoti bilan tanishdi va safarining samarasi o‘laroq u zotning so‘zlari va fatvolarini o‘z yurtiga olib keldi. SHu tariqa Xuroson va Movarounnahr hududlari Abu Hanifa roh.a.ning ta’sirida shakllangan alohida ta’limotni qabul qildi.
Hanafiy mazhabi tarqalishi jarayoniga dastlab, Balx va Ray’ shaharlarida asos solindi.
142/759-760 yildayoq Abu Hanifa roh.a.ning shogirdlaridan biri Abu Bakr ibn Abdulloh Umar ibn Ahmad ibn Dovud (vaf. 171/787-788) roh.a. Balx shahri qozisi bo‘lgan. Hatto uning vafotidan keyin ham hanafiylar u erda o‘z ta’sirini saqlab turdi.
Abu Hanifa rohmatulohi alayh asos solgan hanafiylik mazhabi VIII asrning o‘rtalarida, keng tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin o‘lkalarga, jumladan Movarounnahrga etib kelgan edi. Turli shaharlardagi hanafiy markazlarining shakllanishiga Iroq, Xuroson maktablarining ta’siri salmoqli bo‘ldi. Muhammad ibn Hasan SHayboniy roh.a. (vaf. 805 y.) ning shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy roh.a. (150/768-216/832) Buxoro maktabiga asos soldi.
U zotning to‘liq ismi sharifi-Ahmad ibn Hafs ibn Zaburqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. U zot o‘z yurtida egallashi mumkin bo‘lgan barcha ilmlarni puxta o‘zlashtirgach, Bag‘dod sari yo‘l oldilar. U erda Imom Muhammad roh.a.dan hanafiylik mazhabi fiqhini o‘zlashtirgach, yana o‘z yurtlariga qaytib keladilar. SHu bois, u zot hanafiylik ta’limotini birinchi bo‘lib Movarounnahrga olib kekgan shaxs sifatida ma’lum va mashhurdirlar.
Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy roh.a. Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga katta hissa qo‘shgan madrasaga asos soldilar. SHarqshunos olim Anas Boqievich Xolidov butun arab saltanati hududida ilk bora Movarounnahr va Xurosonda madrasalar barpo etilganin zikr etib, birinchi madrasa Buxorodagi “Farjak” madrasasi degan fikrni ilgari suradi.
Ushbu madrasa 937-yili yong‘in natijasida yonib ketgan. SHuningdek, Nojiy Ma’rufning tadqiqotiga tayangan holda “Nishopur, Buxoro, G‘azna va Bushanjda Bag‘doddagi birinchi madrasa barpo etilgunga qadar 33 ta madrasa mavjud bo‘lgan”, degan ma’lumotni keltiradi.
Buxorodagi Abu Hafs Kabir madrasasi o‘z zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan.
Tarixchi Vamberi o‘zining “Tarixi Buxoro” va As-Sa’diy “Tarix ad-Duval” nomli asarlarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy roh.a.ning madrasasi islom olamining turli o‘lkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo‘lganini ta’kidlashgan. Imom A’zam Abu Hanifa tobein va tabaa tobeinlar davrida yashadi. Bu vaqtda ilm-irfon kamolga etgan, fiqh sohasi rivojlangan, mujtahidlarning ilmiy faoliyati yuksalgandi. Hasan Basriy, Ibn Abu Laylo, Abu Hanifa, Abdurahmon Avzo’iy, Sufyon Savriy, Muoviya ibn Ubaydulloh ibn YAsor, Lays ibn Sa’d,
Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kabi mujtahidlar o‘z fiqhiy maktablarini yaratdilar. Ularning har biri to‘rt asosiy manba – Qur’on, hadis, ijmo va qiyos yordamida masalalarni ijtihod, hukmlarni istinbot etishardi. Bu borada usulda ham, furu’da ham birovga taqlid qilishmasdi. Har birining yuzlab-minglab shogirdlari bo‘lgan. Ulardan faqat to‘rt nafari asos solgan maktabgina katta mazhab sifatida amalda qoldi. Abu Hanifa rahimahullohning maktabi rivojlanishiga qozi, muftiy, imom sifatida yirik mansablarda faoliyat yuritgan shogirdlari – Abul Huzayl Zufar ibn Huzayl, Qosim ibn Ma’n, Abdulloh ibn Muborak, Abu Ismat Nuh ibn Abu Maryam, Abu YUsuf YA’qub ibn Ibrohim, Ibn Abu Zoida YAhyo ibn Zakariyo, Asad ibn Amr, Abu Abdulloh Muhammad ibn Hasan SHayboniy, Hafs ibn G‘iyos Ko‘fiy, Vaki’ ibn Jarroh, Abu Muti’ Balxiy va Hasan ibn Ziyod Lu’lu’iy beqiyos hissalarini qo‘shishdi. Ibn Xaldun fikricha, xalifa Horun Rashid davrida Abu YUsufning “Qoziul quzzot”, ya’ni qozilar qozisi yoki qozikalon lavozimida uzoq muddat faoliyat yuritgani sabab bo‘ldi. O‘sha davrda butun Islom olami u zotning maslahati bilan ish ko‘rardi. Undan keyingi qozi Asad ibn Amr Kufiy ham Abu Hanifaning katta shogirdlaridan edi.
Umuman olganda, Abu Hanifa rahimahullohning katta shogirdlaridan o‘n to‘rt nafari qoziul quzzot va qozi bo‘lgan.
Bag‘dodda bir necha asr davomida shayxul islom va qoziul quzzotlar hanafiy olimlaridan tayinlangan. SHu sabab Iroq va uning poytaxti Bag‘dod nafaqat Islom mamlakatlari, balki hanafiy mazhabining ham markaziga aylandi. Keyinroq Movarounnahr hanafiy mazhabining ikkinchi yirik markazi bo‘ldi.
SHimoliy Afrikada Asad ibn Furot qoziligidan boshlab hanafiy mazhabi ham rivojlana boshladi. So‘ng hijriy 400 yildan molikiylik rasman e’tirof qilingani bois u erda hanafiy mazhabi tarqalishi susaydi.
Hijriy 164 yili Misrda ilk bor hanafiy olim Ismoil ibn Yasa’ Kufiy qozi etib tayinlandi.
Natijada hanafiy mazhabi u erda ham rivojlanib, tarqaldi. Mazhab rivoji shia e’tiqodiga mansub fotimiylar davrida to‘xtagan bo‘lsa-da, Sulton Salohiddin Ayyubiy madrasalarda hanafiy mazhabi fiqhidan dars berilishini joriy etdi. Keyinchalik usmoniylar Misrni egallagach, u erda hanafiylar ham ko‘paydi. Usmoniylar ta’sirida bo‘lgan SHomda ham hanafiy mazhabi rivojlandi.
Xurosonda Umar (Amr) ibn Maymun Balxiy, Movarounnahrda Muhammad SHayboniyning ikki nafar shogirdi – Abu Sulaymon Juzjoniy va Abu Hafs Kabir orqali tarqaldi.
SHuningdek, Abdulloh ibn Muborakning shogirdlarining ham xizmati katta. Abdulaziz ibn Xolid ibn Ziyod Termiziy esa Abu Hanifadan saboq olib, bir muddat Termiz va CHag‘oniyonda qozilik qildi va mazhab tarqalishiga hissa qo‘shdi.
Mazkur to‘rt nafar faqihdan tashqari, Abu Hanifaning asli movarounnahrlik shogirdlari va ularning izdoshlari bo‘lgan. Keyinchalik ularning Movarounnahrga kelib yashashlari yoki bu yurt bilan bordi-keldi qilib turishlari natijasida hanafiy mazhabi bu diyorda ham tez tarqaldi. Asli buxorolik SHurayk ibn Abdulloh; 40 yillar chamasi Abu Hanifaga hamrohlik qilgan Abu Ibrohim Muhammad; Abu Abdulloh Muhammad Marvaziy; Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ustozlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Salom Boykandiy; Abu YUsufning shogirdi, Movarounnahrda qozilik qilgan Mujohid ibn Amr; Abu Ubayd Buxoriy; Abu Hanifa laqabli dabusiyalik hadis roviysi Usmon ibn Humayd; Samarqandda qozilik qilgan Abu YA’qub Marvaziy; Xorazmdan borib Abu Hanifaga shogird tushgan va Basrada yashab qolgan Mug‘iyra ibn Muso Xorazmiy kabilar hanafiy mazhabining Movarounnahrda rivojlanishi va tarqalishiga o‘z hissalarini qo‘shganlari aniq.
Bulardan biroz keyin Abu Mansur Moturidiy Abu Hanifaning e’tiqodiy qarashlarini rivojlantirib, aqidada moturidiya mazhabi o‘laroq Movarounnahrda hanafiylikning mustahkam o‘rin olishiga hissa qo‘shdi.
Movarounnahr hanafiyligi butun atrofga – Xuroson, SHarqiy Turkiston, Kavkaz, Qozon taraflarga ham keng yoyildi. Mo‘g‘ullar istilosi (XIII asrning birinchi choragi)dan so‘ng bu o‘lkalardagi faqihlar har tarafga tarqab ketishdi. Ko‘proq usmoniylar davlatiga tobe shaharlarga – Rum diyoriga to‘planishdi. Istilo natijasida so‘nib borayotgan fiqh yangi rivojlanishga yuz tutdi. Usmoniylar saltanati hududlarida 92 ta fatvo kitobining tartib qilinganidan hanafiylik mazhabi naqadar rivojlanganini bilish mumkin. Usmoniylar davlatining qozilari, shayxulislomlari faqat hanafiylardan tayinlandi. Aytish lozimki, Usmonlilar saltanati hududlariga hanafiylik Movarounnahr orqali tarqaldi, mazkur hududdagi hanafiylar aynan Bag‘dod maktabini ham Movarounnahr orqali o‘rganishdi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Абдулазиз Мансур “Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири” Тошкент, 2004.
2. Абдуллоҳ ибн Маҳмуд “ал – Ихтиёр ли Тълил муҳтор” Байрут, 1998.
3. Абул Баракот ан – Насафий “Манор ал – Анвор” Истанбул, Ҳанафий матбааси.
4. Али ибр Султон Муҳаммад ал – Қори “Ан – Ниқоя шарҳи Мухтасар ал – Виқоя” Император унивеситети босмаҳонаси, Қозон, 1908.
5. Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research, 3(5), 522-529.
6. Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District. Modern Science And Research, 3(5), 148-151.
7. Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.
8. Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 432-437.
9. Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern Science and Research, 3(2), 87-93.
10. Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and Science Education, 2(8), 1214-1222.
11. Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science and Research, 3(2), 1004-1011.
12. Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-507.
13. Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1), 504-510.
14. Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
15. Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.
16. Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political Sciences, 3(12), 42-47.
17. Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and Research, 2(12), 801-807.
18. Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
19. Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research, 2(9), 404-409.
20. Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-299.
21. Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak” Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.
22. Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.
Nazarova Gulsara Axadovna
“Jo’ybori Kalon” o’rta maxsus islom ta`lim muassasasi o’qituvchisi.
Izoh qoldirish