06.01.2022

Allohning mòminlarga najoti

 بسم الله الرحمن الرحيم 

Inson zotini ilm bilan barchadan ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bòlsin. Bashariyatning eng komili Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ahli ayollariga ashobi kiromlar ga hamda ularga ergashganlarga Allohning salomi bòlsin. Albatta Alloh taolo insonlarga najotni har turda Ilm yoki Ilm sohibi Olim orqali boshqalarga yetkazadi. Shundaylardan biri Hadis Ilmining Sultoni .Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak sunnatlarini bizgacha bir g'ubor aralashtirmagan holda yetkazgan inson Imom Buxoriydan Alloh rozi bòlsin. "Agar keyingilarda Imom Buxoriyni maqtash eshiklari ochiladigan bòlsa uning madhiga qog'ozlar yetmay nafaslar toqat qila olmay qolur. Zero u bamisoli sohili bòlmagan dengiz kabidir"....

 Xofiz ibn Hajar Asqaloniy Imom Buxoriy ilmda taqvoda tengi yoq benazir zot bòlgan.Uning "Sahih" kitobida "Yaxshilik va yomonlikni qasd qilganlar haqida " Ibn Abbos rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh taolo Azza va Jalla haqida bundan deb aytdilar: "Alloh taolo xayrli ishlar bilan yomon ishlarni bandalarining peshonasiga taqdiri azal qilib bitgach, ular haqida bunday deb birma bir bayon qildi "Kimda kim bir savob ish qilmoqni qasd qilsayu ammo (biror sababga kòra) qilolmay qolsa , Alloh taolo òsha qilinmay qolgan xayrli ishni qilgan hisoblab, unga òz dargohida tòliq savob yozib qòyadi. Kimda kim biror xayrli ishga bel bog'lasayu uni amalga oshirsa ,Alloh taolo unga òz dargohida òndan yetti yuzgacha va bundan bir necha barobar kòp savob yozib qòyadi. Kimda kim biror yomon ish qilmoqni qasd qilsayu ,ammo òzini tiyib qilmasa, Alloh taolo (yomonlikdan qaytgani uchun ) unga òz dargohida tòliq savob yozib qòyadi. Kimda kim bir yomonlikni qilsayu, uni amalga oshirsa Alloh taolo unga òz dargohida bir yomonlik qilganlik gunohini yozib qòyadi." Shunday ekan har bir Muslim va Muslima doimo yaxshilik talabida bòlishi ,har bir amalida Alloh taolining roziligi qasd qilishi lozim .

 

Жўйбори Калон” аёл-қизлар ўрта махсус ислом таълим  муассасаси 2 курс талабаси G'iyosova Dildora 

Izoh qoldirish