Ҳалол луқма
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. “ Tug’magan, tug’ilmagan va biror-bir tengi bo’lmagan”, nomi ulug’ va yodi buyuk bo’lgan yagona zotga ko’pdan-ko’p va sanoqsiz hamd-u sanolar, Mahmud va Ahmad deb atalgan Rasulga cheksiz salomlar, boshqa nabiylarga to’la-to’kis salavotlar va tahiyatlar, ularning ulug’ avlodlari hamda pofdomon va buyuk sahobalariga qiyomatga qadar olqishlar bo’lsin.
Halol luqma. Halol va harom narsalar bayoni.
Halol talabida bo’lish- har bir musulmon uchun farzdir. Aksari johillar halol yo’q deya da’vo qilishadi. Yoki halolni faqat harom qo’shilmagan narsalar yemaslikni tushunishadi. Bunday johillarning da’volari bid’at bo’lib, ularning insonlarga bo’lgan zararlari esa ommalashdi, ularning yomonligi har yerga tarqaldi. Halol va haromni, va ular o’rtasidagi farqni ajrata bilish orqali bunday bid’atlarni fisq-fasodini fosh etish vojibdir. Halol va harom haqida Alloh taolo Mu’minun surasining 51-oyatida marhamat qiladi:
يَأَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُواْ مِنَ الطَّيِّبَٰتِ وَاعْمَلُواْ صَٰلِحًا، إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ*
“Ey, payg’ambarlar! Pok (taom)lardan tanovul qilingiz va ezgu (ish) qilingiz! Albatta, men qilayotgan ishingizni biluvchidirman.”
Salafi solihlar halol rizqqa juda ko’p e’tibor berishgan. Zero, halollik inson qalbida shakllanadi. U insonning butun vujudida turadi. Haloldan bo’lsa, uni kamolotga yetaklaydi. Haromdan bo’lsa, qalbini chiritadi. Abu Bakr Siddiq rodiyallohu anhu shubhali bir narsani yeb, so’ng uni qayt qilib yuborganlar. (Hazrati Abu Bakr Siddiq rodiyallohu anhu yeb qo’ygan taom kohinlarning yomon taomi edi.)
Halolning barchasi yaxshi, ammo ba’zisi undan yaxshiroqdir. Chunki haromning hammasi yomon, zero, uning ba’zisi ba’zisidan yomonroqdir. Bunga no’to’g’ri tuzilgan savdo shartnomasini ham tushunsa bo’ladi. Bunda inson faqat Alloh bilan bandachiligi qoladi, xolos. Bosib olish yo’li bilan bo’lmasa-da, baribir birovning haqqi halol bo’lmaydi. Birovlarda haqqimiz qolar ekan, biz qilgan ibodatlardan bizga nima naf?! Qiyomat kuni Alloh taolo aytadi: “ Menga bandalarim haqqi ila kelmanglar. Ularning haqlari ila o’zlari bilan hisoblashing!” . Hech kimning haqqi birida qolib ketmaydi. Hozir ko’zimizga ko’ringan oddiy narsalar oxiratimizni xarob qilib qo’yadi. Biz o’qigan oddiy namozlarimizga ishonib qolyapmiz. Yelkamizda boshqalarning haqqi bor ekan, ibodatlarimizga ishonishimiz bekor ishdir. Shu ibodatlarimiz qiyomat kunida o’sha biz yegan birovlarning haqlari ila bekor bo’lib qoladi. Hozirda xalqimiz orasida halol yeyish deganda shunchaki harom aralashamagan narsalarni yemaslikni tushunib qolganmiz. Ammo unday emas!!! Yetimlarning haqqini zo’ravonlik bilan tortib olish, ishdan ozgina erta ketish( uning ham maoshini olish), svetaforda bizning yo’limiz bo’lmaganda o’tib ketish kabi ishlar. Vaholangki bular haqqi hech qaytarib bo’lmaydigan amallardir. Bu kabi e’tibor bilan qilinadigan solih amallarimiz bizning taqvoyimizni yuksaltiradi. Taqvo esa qalb ishidir. U insonni Allohga yaqinlashtiruvchi yo’l hisoblanadi.
Taqvoning darajalari 4 xildir:
1. Fatvo taqozosi bilan harom qilingan barcha narsadan qaytish.
2. Chetlanish vojib bo’lmagan, ammo mustahab hamma shubhali narslardan saqlanish.
3. Haromga tushib qolishdan qo’rqib, ba’zi halollarni tark qilish.
4. Alloh uchun bo’lmagan barcha narsalardan saqlanish. Bu Allohga sodiq bo’lganlarning taqvosi.
Haqiqatdan olib qaraganda, taqvoning boshi va oxiri bor. Ularning o’rtasida ehtiyot bo’lish darajalari mavjud. Inson har vaqt ehtiyotkor bo’lsa, sirot ko’prigidan tezroq o’tadi, hisobi ham yengilroq kechadi. Oxiratda jannat manzillarining turliligi taqvo darajalarining turliligi bilan bo’ladi. Chunonchi, jahannam otashining zulmi haromning darajasiga ko’ra bo’ladi. Agar xohlasangiz ko’proq ehtiyot bo’ling, istasangiz o’zingizga ruxsat eting. O’zingizni isloh qiling. Nafs jlovini bo’sh qo’ymang.
2 курс талабаси Сатторова Озода
Izoh qoldirish