QIROAT ODOBI HAQIDA.
#Qiroat va tajvid
QIROAT ODOBI HAQIDA
في آداب القراءة
(قال له تعالى): ¤ ورتل آلقرآن ترتيلا ¤
Alloh taolo.«Va Qurʼonni tartil bilan tilovat qil», degan («Muzzammil»
surasi, 4-oyat).
Sharh: Qurʼonni tartil bilan o‘qish deb,uni dona-dona qilib,har bir harfini o‘z o‘rnidan chiqarib, oyatlarini alohida-alohida qilib, tajvid qoidalari asosida o‘qishga aytiladi Qurʼonni tartil bilan
o‘qishga bo‘lgan farmoni ilohiy
barcha mo‘min-musulmonlarga
ommaviy farmondir.Muhammad
alayhissalomga farishta Jabroil alayhissalom Qurʼonni tartil bilan o‘qib berganlar.O‘z navbatida payg‘ambar alayhissalom uni ummatlariga tartil bilan o‘qib berganlar.Musulmon ummati esa
avloddan-avlodga o‘z Payg‘ambaridan qanday qilib
olgan bo‘lsa, shunday o‘tkazib
kelmoqda. Qorilarimiz Qurʼon
qiroati qoidalarini tartibga
solib, kitoblar qilganlar.
Bu qoidalarni bilish har bir
musulmon uchun zarur.Tajvid
qoidalari bo‘yicha bir kitob
o'q‘imog‘i,Qurʼon tilovatini tajvid ilmiga ega bo‘lgan qorilardan o‘rganmog'i lozim.
Shuning Qurʼoni Karim tilovati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tilovatlariga o‘xshashi kerak. Buning uchun esa silsilasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib boradigan ustozdan har bir harfni, har bir so‘zni, har bir oyatni o‘rganish lozim bo‘ladi.
3769 - عن أمسلمة رضى الله عنها قالت: "كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يقطع قراءته يقول:الحد لله رب العالمين ثم يقف الرحمان الرحيم ثم يقف,و كان يقرؤها مالك يوم الدين" رواه الترميذي
3769. Ummu Salama roziyalloxu
anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlarini uzib-uzib qilar edilar. «Alhamdu lillahi robbil alamiyn» deb, so‘ngra to‘xtar edilar. «Ar-Rohmanir rohiym» deb, so‘ngra to‘xtar edilar. Keyin «Maliki yavmidiyn» deb qiroat qilar edilar».
Termiziy rivoyat kilganlar.
Sharh: Ummu Salama onamiz roziyallohu anho Qurʼoni Karimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan to‘liq yodlagan hamda boshqalarga ustozlik qilgan zotlardan edilar. U kishi bu rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qiroatlaridagi bir xususiyatni — har bir oyatning oxirida to‘xtashlarini bayon qilmoqdalar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam har bir oyatning so‘ngida to‘xtab-to‘xtab qiroat qilar edilar. Sahobaikiromlar u zotning to‘xtashlarilan o‘qigan oyatlarini sanab olishar edi.
Bu haqdagi barcha dalillarni o‘rganib chiqqan ulamolar «Har bir oyatda to‘xtab qiroat qilish mandubdir»,deganlar. Agar ana shu tarzda qiroat qilinsa yaxshi. Ammo nafasi yetganlar bir necha oyatni qo‘shib o‘qisa ham bo‘laveradi.
Manba:Hadis va hayot kitobi 30-juz
"Qur‘oni karim fazilatlari" (Shaxy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Tayyorladi:2-kurs talabasi Ne'matullayeva Sevara
O‘qituvchi:Qiroat va tajvid o‘qituvchisi O‘rinova Lutfiya
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish