15.09.2021

Nega vafot etgan inson tezda dafn qilinadi?

Odam bolasi dunyoga kelar ekan, albatta bir kuni bu yerdan oxirat diyoriga ketishi muqarrar. 
Husayin ibn Vahvah roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Talha ibn Baro roziyallohu anhuga bemorlik yetdi. Shunda rasullulloh alayhissalom u kishini ziyoratiga kelib aytdilar: (yaqinlariga) “Talhaga o’lim kelib qoldi, agar vafot etsa menga xabar qilinglar va shoshilinglar (g’usul qildirish, kafanlash va dafn qilishga). Zero, musulmonning jasadini oila ahllarining orasida uzoq turishi mumkin emas”. 
(Abu Dovud rivoyati).
bu hadisi sharifda nega mayyitni imkon qadar tezroq dafn qilish buyurildi?. Chunki, mo’min kishi – aziz va mukarramdir. Agar, tezda qabrga qo’yilmasa, undan badbo’y hidlar chiqa boshlaydi. Natijada insonlar undan jirkanib, qochadi. Bu esa, mayyitga aziyat bo’ladi. Zero, musulmon kimsa tiriklik vaqtida qanchalik hurmatga sazovor bo’lsa, vafot etganida ham shunchalik ehtiromga loyiqdir. Yana boshqa hikmatlaridan biri: vafot etgan inson yaqinlarining huzurida qancha ko’p qolsa, ular mayyitni ko’rib shunchalar ko’p mahzun bo’ladi, unga aziyat beradi va o’zlariga ham zulm qilishadi. 
Alloh taolo barchamizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!


Juybori Kalon ayol-qizlar o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Muhammad Yunus Muhammad Muso o’g’li tayyorladi.


 

Izoh qoldirish