Ma’naviyat va taraqqiyot kelajak poydevori
Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, har qanday jamiyatning yuksalishi va barqaror rivojlanishi ikki muhim ustunga tayanadi: moddiy taraqqiyot va ma’naviy poklik. Jamiyat qanchalik zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lmasin, agar unda ma’naviy qadriyatlar, axloq va ma’rifat o‘z o‘rnini yo‘qotsa, bunday rivojlanish uzoqqa bormaydi. Shu sababli ma’naviyat va taraqqiyot bir-birini to‘ldiruvchi, ajralmas tushunchalardir.
Ilm-fan va ma’rifat — rivojlanish omili
Bugungi globallashuv davrida har bir mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni uning intellektual salohiyati va ilm-fanga qaratayotgan e’tibori bilan belgilanadi. Ilm egallash va uni jamiyat manfaatiga yo‘naltirish borasida Islom manbalarida va milliy merosimizda ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ilmning afzalligi haqida shunday deydilar:
“Ma’naviyat va taraqqiyot” — uyg‘unlik hamda kelajak poydevori

Shuningdek, jamiyatga va insoniyatga foyda keltiradigan harakatgina haqiqiy taraqqiyot hisoblanadi. Bu borada quyidagi mashhur hadis nihoyatda ibratlidir:
“Insonlarning eng yaxshisi — insonlarga eng ko‘p foydasi tegadiganidir.” (Tabaraniy rivoyati)
Buyuk ajdodlarimiz — Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy va Mirzo Ulug‘beklar aynan mana shunday ma’naviy qarashlar, teran e’tiqod hamda puxta ilm-fan uyg‘unligi sababli dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Ular kashfiyotlarining negizida nafaqat ilmiy izlanish, balki insoniyatga xizmat qilishdek oliy ma’naviy maqsad yotgan.
Ma’naviyat — insonning ruhiy olami, uning odobi, vijdoni va jamiyat oldidagi mas’uliyatidir. Islom ta’limotida ham jamiyatning ravnaqi va insonlarning o‘zaro munosabatlarida axloq hamda halollik birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasallam) o‘z hadislarida shunday deganlar:
Men go‘zal axloqlarni mukammallashtirish uchun yuborildim.” (Imom Ahmad rivoyati)
Bu hadis jamiyatning tub mazmuni va har qanday ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zamirida eng avvalo insoniy fazilatlarni kamolga yetkazish yatishini ko‘rsatadi. Axloqiy mezonlar bo‘lmagan joyda korrupsiya, loqaydlik va xudbinlik ildiz otadi. Bular esa har qanday iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘ladigan eng katta illatlardir.
Taraqqiyot esa faqat yangi bino va yo‘llar qurish, texnologiyalarni rivojlantirishdan iborat emas. Haqiqiy taraqqiyot — bu inson kapitalini rivojlantirish, ya’ni bilimli, mas’uliyatli va halol avlodni tarbiyalashdir. Haqiqiy taraqqiyotga faqat quruq balandparvoz gaplar bilan emas, balki halol mehnat va har bir ishga mas’uliyat bilan yondashish orqali erishiladi. Zamonaviy dunyoda har bir soha vakili o‘z kasbining ustasi bo‘lishi va ishini sifatli bajarishi talab etiladi.
Manbalarda keltirilishicha:“Alloh taolo sizlardan biringiz bir ish qilsa, uni puxta va mukammal qilishini xush ko‘radi.” (Bayhaqiy rivoyati)
Demak, ishlab chiqarishda, ta’limda, tibbiyotda yoki axborot texnologiyalari sohasida bo‘lsin — har bir topshiriqni sidqidildan bajarish ma’naviy burch va taraqqiyotning asosiy shartidir. Xullas, ma’naviyat va taraqqiyot bir-biriga qarama-qarshi emas, aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalardir. Ma’naviyatsiz taraqqiyot poydevorsiz imoratga o‘xshaydi — u har qanday inqiroz qarshisida qulashi mumkin.
[24/09/2026 11:04] 𝑆. 𝑆𝑎𝑖𝑑𝑗𝑜𝑛𝑜𝑣𝑛𝑎: Bugungi Yangi O‘zbekistonni barpo etish bosqichida moddiy va ma’naviy yuksalishni teng olib borish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Yuksak axloq, chuqur bilim va halol mehnatni jamlagan avlodgina mamlakatni yorug‘ kelajakka yetaklay oladi.
Shukurova Soliha
"Jo`ybori Kalon" ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta`lim muasasasi 3-bosqich talabasi
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish