HAKIM TERMIZIY
(820–932 y.y.)
To‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy bo‘lib, uning tarjimai holiga oid ma'lumotlar oʻrta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, Al-Xatib al-Bag'dodiy, Ibn Hojar al-Asqaloniy, As-Sullamiy va boshqalarning asarlarida, shuningdek, uning o'zining qalamiga mansub «Bad'u sha'ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.
Hakim Termiziy islomiy ilmlarning turli sohalarida ijod qilganlar. Qaysi sohada ijod qilmasinlar, har narsaning tub mohiyatiga, yashirin hikmatiga yetib borishga intilar edilar. Zero, borliqdagi hech narsa behikmat emasligini barhamiz ham sezib turamiz, lekin ularni ko‘p ham ko‘ra olmaymiz. Hakim Termiziy esa har narsada, u ilm bo‘lsin yoki Alloh taolo bandalari uchun yaratgan ne’matlari bo‘lsin, ato etgan shariati bo‘lsin, ularning barchasida ilohiy hikmatni anglashga, tevarak-atrofda, bizni o‘rab turgan dunyoning hikmatli jihatlarini o‘zlari anglab yetib, boshqalarni ham ularni ko‘ra bilishga targ‘ib etar edilar. Shuning uchun ham alloma "al-Hakim", ya’ni "(borliqdagi) hikmatni anglagan zot" nomiga musharraf bo‘lganlar.
U zot kim edi?
Mashhur mutasavvuf, muhaddis, hofiz-ul Qur’on va olim bo‘lib, aqida, tafsir, hadis ilmlari to‘g‘risida asarlar yozgan.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari: D. Boltayeva
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish