20.04.2026

ILOHIY KITOB

Qalblarga nur sochar muqaddas kitob, 
Unda bordir hikmat, unda bor savob. 
Har oyati erur dardlarga davo
Xasta ko'ngillarga bo'ladi shifo.

Zulmatni yoritgan to'lin oy kabi
Adashgan kimsaga bo'ladi chirog'
Ko'rsatar biz uchun to'g'ri manzilni
Yo'qotar qalblardan g'am-iztirobni

Dunyoda tengi yoʻq ilohiy kitob
Har harfiga yozilar o'n savob 
Savollarga bordir hikmat-la javob
Qalbimizni ochuvchi porloq bir oftob

Rosululloh dedilar- yaxshilaringiz
Qur'onni o'rganib, o'rgatganingiz
Ilm nurin qalblarga mehr-la yoyib, 
Insonlarga yo'lchi bo'lganlaringiz

Allohning kalomi ilohiy hikmat
Bashariyat uchun eng ulugʻ ne'mat
Unda mujassamdir buyuk shafoat
Uni sevganlarga va'dadir Jannat

Aytsam ham tugamas fazilatlarin
Qancha ta'riflasam bo'lar shuncha oz 
Tafakkurga cho'msin qalbimiz biroz
Qalbimizga jo bo'lgay ilohiy ovoz

#fan_oyligi
#qiroat_va_tajvid

✍️ Yusupxojayeva Muazzamxon
"Joʼybori kalon" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom talim muassasasi talabasi 
👤Mas'ul o'qituvchi: Naimova Zinnura 
 

Izoh qoldirish