Ashraf Ali Tahonaviy haqida
Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh hijriy 1280 (milodiy 1863) yilda Hindistonning Tahonabhavn degan joyida obro‘li va fazilatli bir xonadonda dunyoga kelgan. Nasabi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga bog‘langani aytilgan. Bu diyor ko‘plab mashhur ulamolar va fozil insonlarni yetishtirib chiqargani bilan tanilgan.
Ashraf Ali Tahonaviy yoshlik davridanoq ustozi hofiz Husayn Ali rahmatullohi alayh huzurida Qur’oni Karimni to‘liq yod oladi hamda fors va arab tillarini mukammal o‘rganadi. Yoshligidanoq ilm va ulamolarga talpinadigan, toatga moyil ko‘ngilxushliklardan yiroq bo‘lib o‘sadi. Boshlang‘ich ilmlarni shayx Fatx Muhammad va tog‘asi shayx Vojid Ali kabi ustozlardan oladi.
«Bo‘ladigan bola boshidan ma’lum» deganlaridek, o‘n ikki yoshlik paytlaridanoq turli o‘yin-kulgilardan o‘zini tiyish, kechalarini ibodat bilan bedor o‘tkazish odat tusiga kirib bo‘lgan edi. Bu holatni katta ulamolar ham sezishgan, hatto muhaddis shayx Muhammad Tahonaviy rahmatullohi alayh: «Mening o‘rnimga shu bola qoladi», degan edi.
O‘n besh yoshida eng katta ta‘lim dargohlaridan biri bo‘lgan Dorul ulum Devbandga boradi va u yerda 5 yil davomida Mulla Mahmud,Muhammad Ya‘qub Nanutviy, Sayyidahmad Dehlaviy kabi allomalar qo‘lida ta‘lim oladi. Bu ta‘limdan keyin eng mashhur voiz va xatiblardan biriga aylanadi. Bu zotning ma‘ruzalari nafsni isloh qilish,aqiyda va amallarni to‘g‘rilashga qaratilgan edi.
Ulamolar Ashrof Ali Tahonaviyning amalga oshirgan eng muhim ishlaridan biri tasavvufni va uni hayotga tatqib etishning aslini bayon qilib,amaliy ko'rsatib bergani bo‘lgan,deganlar.
Ashrof Ali Tahonaviyning urdu arab va fors tillarida yozib qoldirgan asarlaridan eng mashhurlar quyidagi asarlar:💡Bayonul Qur’on» («Qur’on bayoni». Urdu tilida yozilgan tafsir);
🔹«Jomeul asar» («Asarlarni jamlovchi». Hadis ilmi bo‘yicha yozilgan);
🔹«Imdodul fatavo» («Fatvolarni quvvatlash». Fiqh ilmi bo‘yicha yozilgan);
🔹«Al-iqtisod fit-taqlid val-ijtihod» («Taqlid va ijtihoddagi mo‘tadillik»);
🔹«Al-iksir fi isbatit-taqdir» («Taqdirni tasdiqlash to‘g‘risidagi foydali modda»);
🔹«Zayl ala sharxi aqoidin Nasafiya» («Aqoidun Nasafiya sharhiga ilova»);
🔹«At-tasharruf bima’rifati ahadiysit-tasavvuf» («Tasavvufga tegishli hadislarni tanish sharafi»);
🔹«Sharhul masnaviy li mavlono Rumiy» («Mavlono Rumiyning «Masnaviy» asari sharhi») va boshqa asarlar.
Xususan,Shayx Abdulfattoh Abu G‘udda Ashraf Ali Tahonaviy haqida quyidagilarni yozgan: «Hind shayxi Ashraf Ali Tahonaviyning tasnif etgan asarlari 1000 (ming)dan ortiq bo‘lgan. Bu Alloh taoloning xohlagan bandasiga ato etadigan fazlidan o‘zga narsa emas.
Ashraf Ali Tahonaviy vafotlaridan bir necha yil oldin betob bo‘ladi hamda juda ozib, jismlari zaiflashib qoladi. Bu zotning huzurida bo‘lganlar vafotlari oldidan o‘ng kaftaridan nur taralganiga guvoh bo‘lishganini aytganlar. Hijriy 1362 yil rajab oyining o‘n yettinchi kechasida, milodiy 1943 yil 20 iyul kechasi 81 yoshida vafot etgan. Alloh taolo ummat hakimi bo‘lgan bu zotni oliy Firdavs jannatlari bilan mukofatlasin!
manba: Эътиқодга эътибор китоби
✍️ Toʼraqulova Oisha
"Joʼybori Kalon" ayol-qizlar oʼrta maxsus islom taʼlim muassasasi 1-kurs talabasi
👤Masʼul oʼqituvchi: Jamilova Asila
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish