28.03.2026

Zakovat intellektual o‘yini

2026 yil 27 mart kuni  “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida  Zakovat intellektual o‘yini o’tkazildi. Ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Boltayeva mazkur tadbirni ochib berdi va zakovat intellektual bellashuv ishtirokchilariga omad tiladi. Ushbu musobaqa shunchaki savol-javoblar majmuasi emas, balki tafakkur va hissiyotlar uyg‘unlashgan haqiqiy murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Majlislar zaliga kirgan har bir ishtirokchi o‘zida hayajon va ishonchni his qilgan bo‘lsa, o‘yin so’ngida barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarning hursandchiligi bilan yakun topdi.
Zakovat intelektual o‘yiniga Buxoro shahar “Havzi Nav” mahallasi xotin-qizlar faoli Nodira Boltayeva tashrif buyurib, o‘yinga ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Dilsora Boltayeva bilan birga hakamlik qildi. 
O‘yin raundlari elon qilingani sari vaziyat keskinlashib bordi. Ayniqsa, so‘nggi savollar jarayonni yanada keskinlashtirdi. 
Murosasiz o‘tgan bellashuvda bilimdonlar 6/5 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Zakovat — bu bilimning kuchi, fikrning teranligi va jamoaviy birdamlikning yorqin ifodasidir. Bu maydonda nafaqat g‘oliblar aniqlanadi, balki insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi, dunyoqarashi kengayadi.
Shu bois, bugungi Zakovat — xotirada qoladigan, qalbda jaranglaydigan va yana qayta-qayta ishtirok etishga undaydigan unutilmas intellektual sayohat bo‘lib qoldi.

✍️Ta`lim muassasasi o‘quv uslubiy bo‘lim uslubchisi:       Tajiyeva Sevara.
 

Izoh qoldirish