26.02.2026

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning fazllari haqida

#maqola 
#mutolaa

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning fazllari haqida

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: " Ey Abu Bakr, ummatim ichidan jannatga birinchi kiruvchi albatta, sen bo'lasan" dedilar.

Islom tarixida alohida o'rin tutgan buyuk sahobalardan biri–Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudir.U zot Rasululloh ﷺning eng yaqin do'stlari, birinchi bo'lib iymon keltirgan erkak sahoba,  Islomdagi birinchi xalifa va ummat orasida eng fazilatli kishilardan edilar. 
U zotning mashhur laqablari Siddiq edi. Bu laqabni olishlariga sabab Rosulullohﷺning har bir amallarini tasdiqlashga har doim shoshilib turganliklari sabab bo'lgan. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu doimo o'zlariga sodiqlikni lozim tutganlar. Islom-iymon masalasida u kishida biror marta ham, salgina bo'lsa ham ikkilanish yoki sustlik sezilmagan.
Abu Bakr roziyallohu anhu Islom yo'lida mol-dunyosini ayamadilar. Bor butun boyliklarini  Alloh yo'lida sarf qildilar. Rasululloh ﷺ:

"Menga moli eng ko'p foyda bergan kishi Abu Bakr bo'ldi", deb marhamat qilganlar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy ﷺ

"Bizga yaxshilik qilgan birortaning qo'li yo'qki, albatta mukofotini bermagan bo'lsak. Faqat Abu Bakr bundan mustasno. Uning bizga qilgan xayrlari bor. Uning mukofotini qiyomat kuni Allohning O'zi beradi. Hech kimning moli menga Abu Bakrning moli manfaat berganidek manfaat bergan emas", dedilar.
Rasululloh ﷺ vafotlaridan so'ng Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa etib saylandi. U zot murtadlik fitnalariga qarshi qat'iyat bilan kurashdilar,  Qur'onni jamlash tashabbusini ko'tardilar va Islom davlatining mustahkamlanishiga asos bo'ldilar.
Shu bilan birga Abu Bakr roziyallohu anhu–iymonda eng oldinda, amal va axloqda eng yuksak, Rasulullohﷺga muhabbatda eng sodiq sahobalardan edilar.U zotning hayoti bizga chin iymon, to'liq taslimlik va fidoyilik qanday bo'lishini o'rgatadi.
Alloh taoloning O'zi u kishidan rozi bo'lsin!

✍️Taʼlim muassasasi 1-kurs talabasi Xo'jamurodova Bibixojar

💫 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
🌐Facebook (https://facebook.com/61553959005802)  | 🪐 Juyborikalon.uz 
✨Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг: 
▶️You Tube (https://www.youtube.com/channel/UCyg9sQAHeMEwDQ3EXAfOJ2g) | 🌐Instagram| (https://www.instagram.com/juyborikalon/reels/)🌐@juyborikalon

Izoh qoldirish