Oila – ruhiy panoh maskani
Oila – ruhiy panoh maskani.
Ramazon oyida oila muhitining ahamiyati yanada ortadi. Chunki ro‘za – faqat ibodat emas, balki ruhiy poklanish va munosabatlarni mustahkamlash maktabidir.🍀 Birgalikda saharlik va iftorlikning ruhiy ta’siri Ramazon oyida: birgalikda saharlik qilish, iftorlikda jam bo‘lish, birga duolar qilish, oilaviy mehrni kuchaytiradi va ruhiy yaqinlikni mustahkamlaydi.
Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ:“Birgalikda ovqatlaninglar, shunda baraka bo‘ladi” (Sunan Ibn Majah) – deb marhamat qilganlar.Yana bir hadisda:“Saharlik qilinglar, albatta saharlikda baraka bor” (Sahih Al-Bukhari, Sahih Muslim).Bu hadislar oilaviy birlik va bir dasturxon atrofida jam bo‘lishning nafaqat ijtimoiy, balki ruhiy va ma’naviy barakasini ko‘rsatadi. Zamonaviy oila psixologiyasi tadqiqotlariga ko‘ra: birga ovqatlanadigan oilalarda farzandlar o‘zini xavfsizroq his qiladi, muloqot ochiqroq va samimiyroq bo‘ladi, hissiy yaqinlik kuchayadi. Amerikalik oilaviy terapevt Salvador Minuchin oilani “hissiy tizim” deb ta’riflaydi. Uning fikricha, muntazam birgalikdagi faoliyat masalan, ovqatlanish oilaviy chegaralarni mustahkamlaydi va farzand ruhiyatida barqarorlikni shakllantiradi.Shuningdek, mashhur psixolog John Bowlby ta’kidlagan “Bog‘lanish nazariyasi”ga ko‘ra, farzand o‘zini xavfsiz his qilishi uchun ota-ona bilan iliq va muntazam muloqot zarur. Ramazondagi birgalikdagi saharlik va iftorlik aynan mana shu xavfsizlik hissini kuchaytiradi.Buyuk muhaddis va faqih Imom Al-G’azzoliy o‘z asarlarida shunday deydi:“Oila ichidagi muloyim muomala va birga o‘tirib suhbat qilish qalblarni birlashtiradi.”Ramazon esa ana shu qalbiy yaqinlikni mustahkamlash uchun eng qulay fursatdir.🌙 Muborak Ramazon oyida har bir oila dasturxon atrofida jam bo‘lishi: nafsni tarbiyalaydi, oilaviy mehrni kuchaytiradi, farzandlarda xavfsizlik va ishonch tuyg‘usini mustahkamlaydi, ruhiy panoh muhitini yaratadi.
🌙Ramazon muborak boʻlsin.🌙
Tayyorladi :2- kurs talabasi Karimova Aziza
Masʼul oʻqituvchi: Oila psixologiyasi fani oʻqituvchisi Shaxnoza Razzokova
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish