" Virtual olamda soxta aqidalar va ularga qarshi immunitet"
#Davra_suhbati
#Ogohlik_davr_talabi

Jo'ybori Kalon ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 16- fevral kuni " Virtual olamda soxta aqidalar va ularga qarshi immunitet" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatiga Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi mudarrisi Erkin Qudratov tashrif buyurib, ekstremizm atamasining asl mazmuni, diniy ekstremizm deb aytish mumkin emasligi aslida ekstremizmning dinga aloqasi yo'qligi, dinning asl mohiyati ezgulik va tinchlik ekanligi, Qur'oniylar jamoasining botil aqidalari va Internet makonda turli xil saytlari orqali fitnalarga sabab bo'lib, o'zbeklarga g'oyaviy hujumga o'tayotgani, oyatlarni noto'g'ri talqin qilishi, Qur'on va namozni o'zbek tilida o'qiyatgani, din bo'yicha yetarlicha ilmi bo'lmasayam oyatlarni xato tafsir qilayotgani, jamiyatda Qur'oniylarning botil aqidalariga aldanayotgan ayollar, yoshlar bo'layotganligi, fitnalardan ogoh bo'lish, ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik va vatan uchun manfaati tegadigan avlod bo'lish, va zamon bilan hamnafas yashash to'g'risida qiziqarli suhbat o'tkazildi.
Taʼlim muassasasi direktori oʼrinbosari: D. Boltayeva.

УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish