Sakiynat oyi
Sakiynat oyi
Qalblarni to'ldirib nurga, ziyoga
Baxsh etib chehralarga go'zal ifoda.
Yaxshilikka savob ko'pdir bu oyda
Rahmat oyi yetdi bizning diyorga
Har insonning qalbida ajib tuyg'ular,
Ummat uchun g'animatdir bu oy-u kunlar.
Tillarda zikrdir, qalblarda surur,
Sakiynat oyini Ramazon derlar.
Sunnatga ergashish oyidir bu oy,
Yaxshilikka to'ladir har bir makon, joy
Nafs qiynalar, kuchayar iymon,
Bu oyda nozil bo'ldi muqaddas Qur'on
Yuzlarda tabassum, dillarda shifo.
Ibodatga qalblarimiz bo'ladi oshno
Gunohdan poklanar bu ko'hna zamin
Mehr muruvvat oyi kelmoqda yaqin
Oylarning sultoni mohi Ramazon,
Kelgin kelaqolgin kutyapmiz seni.
Qalbimizni to'ldir baxtga, quvonchga
Xush kelding bizning ulug' diyorga
✍️Taʼlim muassasasi 1-kurs talabasi: Yusupxojayeva Muazzamxon
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish