Islom dinida ayollar huquqi va qadri.

#Maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir
Islom dinida ayollar huquqi va qadri.
"Jo'ybori Kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2026 yil 2-fevral kuni "Islom dinida ayollar huquqi va qadri" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Mir Arab oliy madrasa katta o'qituvchisi Asrorxon domla Mahmudov Oila va jamiyatda ayollar huquqi, qadri to'g'risida Islom dinining muqaddas manbasi hisoblangan Qur'oni Karimda kelgan oyatlar to'g'risida qiziqarli suhbat o'tkazdi.Suhbat asnosida qiz bolaning tarbiyasi, muomalasi, jamiyatda o'rnini topishi uchun oilasining ahamiyati, Payg'ambarimiz ( s.a.v) ayollarga go'zal muomala qilganliklari alohida ta'kidlandi.Shuningdek jamiyatda ayollar huquqi va qadri toptalsa fitnalar yuzaga kelishi, bunday fitnalarga yo'l qo'ymaslik to'g'risida misollar keltirildi.
Taʼlim muassasasi direktor oʼrinbosari: D. Boltayeva
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish