Alloh taoloning kalom sifati
#Aqoid_fan_oyligi
#Maqola
Alloh taoloning kalom sifati
Alloh taoloning kalom sifati oʻz zotida qoim boʻlgan sifatdir . U zot kalom sifati bilan oʻz Rasullariga Qur'on, Tavrot, Injil kabi vahiylarni bildirgan.
Bu sifatning Alloh taoloda sobitligiga Qur'oni Karim va Hadisi sharifdan dalillar bor .
Alloh taolo Niso surasida:
" وكلّم الله موسى تكليما"
( Va Alloh Muso ila oʻziga xos gaplashdi )
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Me'rojga chiqqanlarida Alloh taolo bilan gaplashganlari koʻplab sahih hadislarda kelgan . Alloh taoloning Qur'oni Karimdagi Muso va boshqa paygʻambar (alayhimussalom) Fir'avn va Iblis tilidan aytilgan gaplarning barchasi Allohning kalomidir . Chunki Muso va boshqa yaralganlarning kalomi maxluqdir . Qur'on va undagi qissalar esa, maxluqlarning emas, balki Alloh taoloning kalomidir .
Arab tilida ikki narsaga "Kalom" deyiladi:
Birinchisi: Ichida paydo boʻlgan lafzlar bilan ifoda qilinganda "kalom" deyiladi.
Ikkinchisi: Gapirish uchun ichida tayyorlab qoʻyilgan ma'noga ham "kalom" deyiladi.
Demak kalom deganda "Lafziy kalom"ni va "Nafsiy kalom"ni tushunishimiz mumkin.
Alloh taoloning kalom sifati Aqida ilmida chuqur oʻrganilgan masalalardan biridir. Deyarli har bir Aqida kitobiga bu masalada alohida e'tibor berilgan.
Toʻrt mazhab ahllaridan biri boʻlmish Imom A'zam rohmatullohi alayhning "Al-Fiqh ul Akbar" kitobidagi:
"Qur'on mushaflarda yozilgandir, Qalblarda yod olingandir, Tillarda oʻqilgandir, Nabiy sollallohu alayhi vassalamga nozil qilingandir . Qur'onning oʻzi maxluq emasdir"
degan lafzlari orqali kalom sifatiga ta'rif berganlar.
Imom Abu Ja'far Tahoviy "Aqidatut Tahoviyya" asarlarida:
"Albatta Qur'on Allohning kalomi. Allohdan soʻz boʻlib kayfiyatsiz yuzaga chiqqan. Alloh taolo uni oʻz Rasuliga vahiy (yashirin soʻz) qilib tushirdi . Moʻminlar uni haq deb tasdiqlashdi. Qur'on haqiqatda Alloh taoloning kalomi ekanligi haqidagi Iymon ularning qalbida qaror topdi . Qur'on maxluqlarning soʻzlari kabi yaratilgan emas" deb yozadi.
Tayyorladi: 2-kurs talabasi Habibullayeva Muxlisa
Mas'ul: Jamilova Asila
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish