14.01.2026

“14-yanvar – Vatan himoyachilari” kuni

#bayram_muborak 
#vatan_himoyachilari_kuni

Vatan — bu inson tug‘ilib o‘sgan, kindik qoni to‘kilgan, ajdodlarimiz yashab, meros qoldirgan muqaddas zamindir. Vatan tushunchasi faqatgina hudud yoki yer bilan cheklanmaydi, balki u xalq, millat, til, madaniyat, tarix, urf-odat va qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi. Shu bois Vatan har bir inson uchun eng aziz va muqaddas ne’mat hisoblanadi.
Vatan inson hayotida hissiy va ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. U odamlarni birlashtiradi va ularni umumiy maqsadlar sari yo‘naltiradi. Vatan tuyg‘usi odamga o‘z jamiyatiga foyda keltirish istagini uyg‘otadi.
Vatan tushunchasi faqat shaxslar bilan cheklanmaydi. U milliy o‘zlik va davlatchilikning asosini tashkil qiladi. Vatan tuyg‘usi jamiyatni mustahkamlaydi va uning rivojlanishiga xizmat qiladi.
“14-yanvar – Vatan himoyachilari” kuni O‘zbekiston Respublikasi tarixida alohida o‘rin tutadi.Bu sana mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun sifatida xalqimizning jasorat,fidoyilik va vatanparvarlik timsoliga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Aziz va qadrli vatan himoyachilari!
✅ Bayramingiz muborak bo‘lsin! 
Sizning Vatan himoyasi, ona yurtimiz  tinchligi va osudaligi, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida olib borayotgan g‘oyat mas’uliyatli va fidokorona faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

💠 Taʼlim muassasasi  matbuot xizmati
 

Izoh qoldirish