13.01.2026

Vatan himoyasi-muqaddas burch!

#Maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir

 

 

Vatan himoyasi-muqaddas burch!

Vatan himoyachilari kuni – mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xalqimizning osoyishta hayoti uchun jonini tikkan insonlarni e’tirof etish imkoniyatidir. Bu nafaqat harbiylar uchun, balki yurt tinchligini saqlashga hissa qo‘shayotgan har bir vatandosh uchun  qadrli bayramdir.
14-yanvar xalqimizni jipslashtiruvchi, yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida, milliy g‘urur va vatanparvarlik ramzi bo‘lib qolmoqda.

1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. Shu munosabat bilan, 1993-yildan boshlab, 14-yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. 
2026 yil  13 -yanvar kuni "Joʼybori Kalon "  ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamkorlikda "Vatan himoyasi-muqaddas burch!" mavzusidagi   viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari podpolkovnik M. Yakubova va kapitan H. Xaitovalar isbtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

 

                                                                                     Ta`lim muassasasi matbuot xizmati.
 

Izoh qoldirish