30.12.2025

«Bu-Mening Otam» kitobi haqida

#iqtibos 
#kitob_taqdimoti
#talaba_fikri

📎Bu kitobda ba’zi joyida oʻqib oʻtganimda Said Butiy otalarining tasavvufga bo‘lgan qarashlarini bayon qiladi. Otalari Ramazon Butiy nazarlarida, agar insonda Qur’on va sunnatga tayangan ilm bo‘lmasa, tasavvufning qadri yo‘qligi, U kishi tasavvufni iymonning mevasi deb bilganlari va bu mevaga faqatgina Qur’on va sunnat asosidagi ilm orqali yetishish mumkinligini ta’kidlaganlar. Shuning uchun ba’zan u kishinig otalari tasavvuf kitoblarini ko‘p o‘qiganlari uchun, ba’zan esa faqat fiqh va boshqa ilmlarga berilib ketgani uchun tanbeh berganlar. Maqsadi esa bitta edi ya’ni ilmni vosita, tasavvufni esa maqsad sifatida to‘g‘ri tushuntirish edi MashaAlloh.

Kitobda keltirilgan Shayx Abdulqodir Jiyloniy haqidagi voqea ham ushbu fikrlarini mustahkamlaydi:
Hikoyaning qisqacha mazmuni shuki, u kishi bir kuni mehrobida Alloh taoloni zikr qilib, u Zot bilan muroqaba qilib o‘tirgan vaqtda g‘oyibdan: “Ey Abdulqodir! Xursand bo‘l! Sendan mukallaflikni soqit qildim!” — degan sado keladi. U kishi o‘ziga kelgach, bu nidoning egasi Alloh taoloning bir bandasidan o‘limidan oldin mukallaflikni soqit qilishi ehtimoli haqida Qur’oni karim va hadislar orqali fikr qila boshlaydi. Chunki u zot ulug‘ olim va yetuk faqih bo‘lgan.

Shunda birdan: “Daf bo‘l! Ey mal’un!” — deb baqirib yuboradi. 
Shunda haligi ovoz: “Agar shariatni bilmaganingda aniq adashtirgan bo‘lar edim. Axir qanchadan-qancha shariatni bilmagan sen kabi shayxlarni shu orqali adashtirdim”, deydi.
📚«Bu-Mening Otam» 
Shayx Sayyid Ramazon Butiy 

 

🧕Taʼlim muassasasi 2-kurs talabasi: Doniyorova Oysha
✍🏻Mas'ul o'qituvchi: Lutfiya Oʼrinova
 

Izoh qoldirish