06.01.2026

“ Iqtidorli talabalarni taqdirlash”

#fan_oyligi
#taqdirlash

Жорий йилнинг 25 декабр куни "Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “ Iqtidorli talabalarni taqdirlash” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir tashkilotchisi Ta’lim muassasasi “Hadis” fani o’qituvchisi Ulug’bek  domla Jiyanov tomonidan o’tilgan mavzularni mustahkamlash, qobiliyatlarni kashf etish va rag’batlantirish bilan bir qatorda iqtidorlarni rivojlantirish, qolaversa, talabalarning ilmga muhabbatini oshirish, o’z fikrlarini erkin ifodalashga undash maqsadida 3-bosqich talabalariga 1 hafta mobaynida “Mishkot-ul masobih” kitobidagi “Duo” kitobidan “Eng ko‘p hadis yodlash”  va “Eng saviyali maqola yozish” bo‘yicha vazifa berilgan edi. Topshiriqni bajarishda ishtirok etgan talabalarning ijodiy ishlari Ustoz Ulug’bek domla  tomonidan birma bir tekshirilib, tahlil etildi. Tahlil natijalari tadbirda katta taassurotlar bilan izohlab berildi. 
Talabalarning samimiy va sodda bo’lsada boshqa kitoblarda kuzatilmagan ajoyib ta’lifotlaridan iqtiboslar o’qib eshittirildi. Jumladan, “... Bugungi shoshqaloq va g’aflatga to’la hayotda inson qalbi ko’pincha charchaydi, bezovta bo’ladi va ma’naviy bo’shliqni his etadi. Ana shunday paytlarda zikr – ayniqsa “Subhanallohi va bihamdihi” – qalbga taskin beradigan, ruhga kuch bag’ishlaydigan eng ishonchli manbadir. U Bandani g’am-tashvishlardan uzoqlashtirib, Allohga yaqinlashtiradi...”, deya iqtibos muallifi zikr etilganda eshituvchilarning eti junjikdi, qalbi orziqdi. “Qani edi men ham ishtirok etganimda...”, degan umid - har bir tomoshabinning xayolidan o’tdi deya baralla ayta olamiz. 
Shu kabi bir nechta iqtiboslar ibrat sifatida Ustoz tomonidan o’qib eshittirildi. Talabalarning hayajonlari tobora oshib bordi. Ustoz baholashga qiynalganligini, adolatli baholashga imkon qadar harakat etganini izhor etdi. Kimnidir qalbida norozilik bo’lishidan hadiksirab, ishtirokchilardan uzr so’rab, natijalarni batafsil sharhlab e’lon qildi.

 

Natijalarga ko’ra Eng ko’p hadis yodlagan, Eng saviyali maqola yozgan hamda har ikki yo’nalishda yuqori natija ko’rsatgan ishtirokchilar 3 ta o’rin asosida taqdirlandilar. Bir hafta davomida eng ko’p hadis yodalagan talaba 200 ta hadis yod olagani e’tirof etildi. 



Tadbir yakunida ta’lim muassasasi direktori professor O.T.Sharipova Ustoz Ulug’bek domla Jiyanovning samarali faoliyatini yuksak baholab, barcha pedagog va talabalarga ibrat ekanligini ta’kidladi:


  “Biznining talabalarimiz orasida shunday iste’dodlar bor ekan biz ularning iste’dodlarini rivojlantirish uchun Ulug’bek Jiyanov kabi harakatda bo’lmog’imiz zarur. Ustoz sizning ushbu tashabbusingiz ta’lim muassasasi tarixida muhim burilish bo’ladi, inshaalloh”,-  deya mamnuniyat bilan o’z minnatdorchiligini izhor etdi. 
  Tanlov ishtirokchisi bo’lmaganlar ishtirokchilardek his hayajonda a’lo darajada ma’naviy oziqa olishdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ustoz Ulug’bek Buxoriyning kelgusi ilmiy faoliyatlariga ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i:       Munira Xujayeva
 

Izoh qoldirish