qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish
#qishki_taʼtil
#ogohlik_davr_talabi

2025-yil 24-dekabr kuni "Jo'ybori Kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida talabalarning qishki ta’tilga ketish oldidan ta’til davrini mazmunli o‘tkazish uchun kerakli tavsiyalarni berish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi. Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Boltayeva tomonidan talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalari yana bir bor tushuntirildi hamda talabalarning qo‘l telefonlari ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek talabalarga diniy materiallarni ulashmaslik, ekstremistik manbalarni mobil ilovada saqlamaslik, ekstremistik manbalarga layk bosish jinoiy javobgarlik

ekanligi ta’kidlandi.2025yil 29 dekabrdan 2026yil 10-yanvargacha o‘quv yili ta’tili davomida taqiqlangan saytlarga kirmaslik, o‘z hududlarida oflayn va onlayn tarzda, xususiy o‘quv markazlarida dars bermaslik, onlayn dars olmaslik, yuzni niqob(burqa) bilan bekitmaslik, ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy diniy materiallar tarqatmaslik haqida talabalarga ta’kidlab o‘tildi.
Ta`lim muassasasi matbuot xizmati.
УЗ
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish