20.12.2025

" Arab tili-jannat tili"

#arab_tili 
#fan_oyligi
#maʼrifat_tarʼgiboti
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

Arab tili fani oyligi doirasida 2025 yil 19 dekabr kuni Ta’lim muassasasida " Arab tili-jannat tili" mavzusida qalblarga ma’rifat, tafakkurga ziyolilik baxsh etgan mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir arab tili fani o‘qituvchisi F. Jumayeva boshchiligida tashkil etilib, unda bilim va iste’dod uyg‘unlashgan yoshlar o‘z salohiyatlarini namoyon etishdi.

 

 

 

Ushbu musobaqa ishtirok etgan talabalar besh muhim shart asosida o‘zaro bellashdilar. Tanishtiruv shartida ular o‘z ismlariga arab tilida nozik va ma’nodor ta’riflar berib, ilk daqiqalardanoq tomoshabinlar e’tiborini tortishdi.

 

 Suratga qarab arab tilida ravon so‘zlash shartida esa tasvirlar jonlanib, fikrlar so‘z orqali ma’no kasb etdi. Arabcha jumlalarni grammatik tahlil qilish bosqichida ishtirokchilarning bilimga tayangan mantiqiy fikrlashi yaqqol namoyon bo‘ldi. Xotira mashqi sharti esa ularning zukkoligi va tezkor tafakkurini sinovdan o‘tkazdi. Arab tilida sahna ko‘rinishlari namoyish etilgan so‘nggi shartda esa til san’at darajasiga ko‘tarilib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi.

 

Tadbir jarayonida tomoshabinlar ham befarq qolmadi. “Fil voqeasi” asosida sahnalashtirilgan multimediya namoyishi barchani tarixiy va ma’naviy muhitga olib kirdi. Ushbu mashhur voqea asosida berilgan savollarga to‘g‘ri javob qaytargan tomoshabinlar esa sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

 

Ishtirokchi talabalar arab tilida ravon va erkin fikr bildirishlari, sahna ko‘rinishlarida obrazlarga jon baxsh etishlari hamda go‘zal arabcha ijrolari bilan hakamlar hay’ati e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu tadbir arab tilining balog‘ati, nafosati va beqiyos jozibasini namoyon etib, tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Ta'lim muassasasi o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i M.Xujayeva
 

Izoh qoldirish