19.12.2025

Dunyo dinlari ta’limotida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari

#maqola 
#diniy_bagʼrikenglik
#korrupsiya
#Jaholatga_qarshi_marifat

 

Dunyo dinlari ta’limotida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari

     Korrupsiya (poraxo‘rlik, mansabni suiiste’mol qilish, adolatsizlik) insoniyat tarixida doimo qoralangan illatlardan biridir. Dunyo dinlari ta’limotida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi axloqiy poklik, adolat va halollik tamoyillari orqali yoritiladi.

   1.Islom dinining  ta’limotida

 Islom dini korrupsiyaga qarshi kurashni iymon va adolat masalasi deb biladi.Qur’oni karimda pora berish va olish qat’iyan man etiladi.Halollik, omonatga xiyonat qilmaslik, adolat bilan hukm chiqarish asosiy tamoyillardir.Hadislarda pora oluvchi ham, beruvchi ham qattiq qoralanadi. Islomda korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyatda adolat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasidir.

2. Xristianlik dinining ta’limotida

Xristianlik dini korrupsiyani axloqiy buzilish deb baholaydi.Injil kitobida pora adolatni buzishi va begunohlarni jabr ko‘rishiga sabab bo‘lishi aytiladi.Korrupsiyaga qarshi kurash xristianlikda vijdon va ma’naviy mas’uliyat bilan bog'liq deb qaraladi. 

3. Yahudiylik dinining ta’limotida

Tavrotda pora olish qat’iyan ta'qiqlangan. Yahudiylik dini ta'limotida Sudya va rahbarlarning adolatli bo‘lishi ilohiy buyruq sifatida belgilangan. Yahudiylikda korrupsiyaga qarshi kurash qonun va axloqning uyg‘unligi orqali amalga oshiriladi.

4. Buddaviylik dinining ta’limotida

Buddaviylikda korrupsiya insonni azob-uqubatga olib boruvchi illat sifatida talqin qilinadi. Buddaviylik dini manbalarida Ochko‘zlik va nafsga berilish asosiy yovuzliklardan sanaladi deyiladi. “To‘g‘ri yashash yo‘li” ta'limotida  korrupsiyadan voz kechishni talab qiladi. 

5. Hinduizm dinining ta’limotida

Dharma – axloqiy burch tushunchasi korrupsiyaga zid.Pora va adolatsizlik karmani buzadi, salbiy oqibatlarga olib keladi.Hinduizmda korrupsiyaga qarshi kurash axloqiy mas’uliyat va javobgarlik orqali amalga oshishi ta'kidlangan. 

6. Konfutsiylik ta’limotida

Halollik, vijdon va adolat davlat boshqaruvining asosi deb qaraladi.Mansabdor shaxslar shaxsiy manfaatni emas, xalq manfaatini ustun qo‘yishi lozimligi ta'kidlanadi. Korrupsiyaga qarshi kurash axloqiy yetuklik orqali ta’minlanishi to'g'risida aytib o'tilgan. 

Xulosa qilib ta'kidlaganda, Dunyo dinlari ta’limotida korrupsiyaga qarshi kurash masalasihalollik, adolat, vijdon pokligi, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga asoslanishi ta'kidlangan.

 

 Ta`lim muassasasi Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: D.Boltayeva

Izoh qoldirish