18.12.2025

18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayramona tadbir tashkil etildi.

#fan_oyligi
#arab_tili_kuni

"Chet tillarini bilish-bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir"
             
             Fransuz yozuvchisi Volter

18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni munosabati bilan "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar o`rta maxsus islom  ta’lim muassasasida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir ta’lim muassasasi arab tili fan o‘qituvchilari J.G. Mavlyanov hamda F.B. Jumayevalar boshchiligida o‘tkazildi va unda 1-kurs talabalari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida arab tilining shakllanish bosqichlari, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Dunyo aholisining qariyb 200 millioni arab tilida muloqot qilishi alohida ta’kidlandi. Talaba qizlar tomonidan ijro etilgan mazmunli va ta’sirchan sahna ko‘rinishlari tadbirning eng yuksak, kulminatsion nuqtasiga aylandi hamda o‘qituvchi va talabalar tomonidan yuqori baholandi.

Shuningdek, diyorimiz allomalari aynan arab tili orqali jahon tamaddunida munosib iz qoldirganlari, ularning boy ilmiy merosi asosan arab tilida yaratilgani qayd etildi. Bugungi kunda yurtimizda til o‘rganishga qaratilayotgan islohotlar, yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar ham e’tirof etildi.

Mazkur tadbir talabalarning arab tiliga bo‘lgan hurmat va muhabbatini yanada oshirib, "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabalarining nafaqat arab tili, balki ingliz, rus va boshqa chet tillarida ham erkin muloqot qila olishlarini yana bir bor namoyon etdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda va bayramona ruhda o‘z nihoyasiga yetdi.

 

Ta`lim muassasasi direktor o`rinbosari :       N.Raximova
 

Izoh qoldirish