06.10.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMTdagi nutqi – Ta’lim , gender siyosati va islom ma’rifati g’oyalariga qaratilgan yo‘l..

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 23-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutq so’zladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasi Yangi O‘zbekistonning global hamkorlikka qaratilgan yo‘lini ifoda etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasi butun jahon hamjamiyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi, qator nufuzli tashkilotlar va davlat rahbarlari tomonidan e’tirof etildi. 

Prezidentimiz nutqini davom ettirar ekan, pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.

Yana bir muhim yo‘nalish – gender siyosati. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlash maqsad qilingan. O‘zbekiston keng mintaqamiz miqyosida Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish tarafdori ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining                    80-sessiyasida qatnashib, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlarni dunyo jamoatchiligiga tanishtirdi. Bu nafaqat mamlakatimizning global miqyosdagi ochiqligi va tashabbuskorligini namoyon etdi, balki xalqaro maydonda O‘zbekiston ovozi tobora balandroq eshitilayotganini ham tasdiqlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur samarali tashrifi doirasida qator muhim ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan shartnomalarga imzo chekdi.

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon, Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn, Chexiya Prezidenti Petr Pavel kabi davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu uchrashuvlarda hamkorlikning dolzarb masalalari, global va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi. Bunday yuqori darajadagi muloqotlar Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi faol ishtirokini, oʻzaro ishonch va hurmatga asoslangan diplomatik aloqalarining mustahkamlanayotganini yaqqol koʻrsatadi.

Rasmiy tashrif doirasida Prezidentimizning AQSHda yashayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvi alohida eʼtiborga molik. Bu uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlar va “El-yurt umidi” stipendiatlari oʻrtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni”ga start berilgani muhim voqea boʻldi. Bu tashabbus xorijda muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimiz bilim va tajribalarini Oʻzbekistonga yoʻnaltirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Vatandoshlar bilan boʻlgan bu kabi muloqotlar Davlatimiz oʻz xalqining har bir vakili bilan faxrlanishi va ularni qoʻllab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligining yorqin isbotidir. 

Davlatimiz rahbari mamlakatlar o‘rtasida raqamli rivojlanish va sun’iy intellektdan foydalanishda tengsizlikning oldini olish juda muhimligini ta’kidladi.

“Ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Yoshlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifamizdir.

Bu borada “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari suramiz”, - dedi Prezident.[1]

Jamiyatimizda bag‘rikenglik siyosati izchil amalga oshirilayotgani, shu bilan birga, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va dunyoga targ‘ib etish bo‘yicha sa’y-harakatlar faol davom ettirilishi ta’kidlandi.

“Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdoridir. Biz xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz”, - dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.[2]

Prezidentning Nyu-Yorkka tashrifi – bu nafaqat davlat ahamiyatiga molik bitimlar imzolangan rasmiy safar, balki Yangi Oʻzbekistonning global maydonda oʻz mavqeini mustahkamlayotganini, ochiq va innovatsion iqtisodiy siyosat olib borayotganini butun dunyoga namoyish etgan diplomatik gʻalabadir.

Ta’lim muassasasi o’qituvchisi:                               Dilafruz Gulamova


 

[1] https://t.me/Press_Secretary_Uz

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

3.facebook.com/PressSecretaryUZ instagram.com/press_secretary_uz https://twitter.com/Sherzod_Asadov

Izoh qoldirish