
"Vatan-eng ulug' ne'mat"
"Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni jismoniy va ma’naviy sog‘lom, ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatimizni to‘liq safarbar etamiz".
"Shavkat MIRZIYOЕV" .
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti.
Vatan – insonning tug‘ilib o‘sgan yurti, ota-bobolarining izlari, ajdodlarining merosi saqlanib kelayotgan muqaddas maskandir.
U faqatgina tuproq yoki hudud emas, balki millatning tarixi, qadriyati, tili, dini va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan ulkan xazina hisoblanadi.
"Jo'ybori kalon" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 19-sentabr kuni "Vatan-eng ulug' ne'mat" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatni "Ma'naviy-ma'rifiy" ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D. Boltayeva ochib, "vatan" so'zining lug'aviy ma'nosi, vatanni muqaddasligi va vatan uchun chinakam farzand bo'lishligi toʼgʼrisida fikr bildirdi. Davra suhbati davomida ta'lim muassasasi o'qituvchisi F. Jumayeva "Islomda vatan tushunchasi, Qur'on Karim va Hadis sharifda vatan talqini, vatanga xizmat-oliy himmat ekanligi, vatanparvarlik haqida gapirdi. Shuningdek, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga ustozlar tomonidan javob olishdi. 💫
Izoh qoldirish