
Najmiddin Kubro karomatlari.
Mashhur tasavvuf shayxlaridan biri, kubroviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubro shaxsiyati va faoliyatiga O’rta Osiyo xalqlari qadimdan katta qiziqish bilan qaragan. Uning hayoti, karomatlari haqida el orasida ko’plab rivoyatlar bor.
Abdurahmon Jomiyning ―“Nafahotul uns” asarida qayd etilishicha, Ahmad yoshligidan ilmga qiziquvchanligi va qobiliyati bilan ajralib turgan. U Islom asoslari, shariat ilmlarini juda tez o’zlashtirib, Xorazmning o’sha paytdagi ulamolaridan ancha ilgarilab ketadi va “Najmiddin” ―”Din yulduzi” degan nom oladi. Shundan keyin Ahmad ibn Umar Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo’lib ketadi. Ali Akbar Dehxudo u kishining Kubro deb atalishiga behad ziyrakligi va o’tkir zakovati, har qanday muammoli masalaga yechim topib berishi sabab bo’lganini qayd etadi. “Abuljannob” so’zi esa Najmiddin Kubroning kunyasidir, bu so’z “dunyodan o’zini saqlagan taqvodor” degan ma’noni beradi. Jomiyning yozishicha, Najmiddin Kubro Iskandariya shahrida muhaddis ulamolardan hadis ilmini o’rganib qaytayotganida yo’lda bir kecha Payg’ambarimizni (sollallohu alayhi va sallam) tush ko’radi va “Menga kunya bag’ishlang”, deb so’raydi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Najmiddinga: “Sening kunyang Abuljannob bo’lsin”, deydilar. Najmiddin shu bashoratdan keyin tasavvuf yo’liga kiradi va munosib piri murshid qidirishga kirishadi. «Valiytarosh» laqabiga kelsak, bu so`zning ma’nosi valiylarni tarbiyalovchi demakdir. Zero, Najmiddin Kubroning nafaslari, nazarlari shunchalik zo‘r bo‘lganki, qalblarida ilhom-vajd jo‘sh urgan paytda kimga nazarlari tushsa, u valiylik martabasini topar ekan.
Najmiddin Kubro tasavvufning buyuk amaliyotchilaridan biridir, ungacha Xorazm xalqi ushbu ta’limotdan bebahra edi. Najmiddin valiylik kamoloti, tariqat riyozati va o‘zini o‘zi poklash, ma’naviy yetuklikka intilishni urfga — an’anaga aylantirdi.
Karomat ko‘rsatish, g‘ayb asroridan ogohlik, xoriqulodda holatlarni namoyon qilganlar.
Shayx Najmiddin Kubro hazratlari karomat ko‘rsatish va xoriqulodda xislatlari bilan mashhur bo‘lgan. Ul zotni behudaga «valiytarosh» demaganlar. Zero, valiylarni tarbiyalab yetishtirish uchun o‘zi valiylar peshvosi bo‘lishi kerak. Shuni aytish lozimki, karomatlarning turi ham ko‘p, chunonchi: quvvai nazar. quvvai nafas, quvvai dil orqali boshqalarga ta’sir etish, voqealarni ollindan tushda ko‘rish yoki o‘ngda ham bo‘lajak ishlarni oldindan sezish, ruhan olamlarni sayr qilib qaytish va hokazo.
Najmiddin Kubrola karomatning ko‘rinishlari ko‘p. Ul zot ham o‘tkir nafasi, ham nazari va ham suhbati — so‘zi bilan qalblarga g‘ulg‘ula sola olgan. Jomiyning «Nafahot ul-uns* asarida Kubro karomatu holatlarilan bir necha misol va rivoyatlar keltirilgan. Shulardan ba’zilarini quyida keltirib o‘tamiz.
Nazarining o‘tkirligi. Shayxning qalbida ilohiy ilhom — «g‘alaboti vajd» qo‘zg‘alganda, uning nazari kimga tushsa, valiylik xislatiga ega bo‘lar ekan. Chunonchi, bir kun Najmiddin Kubro shunday holatda ekanliklarida, xonaqohga bir savdogar tomosha uchun kirib keladi. Shayxning nazari muboraki savdogarga tushadi va savdogarning qolati o‘zgarib, o‘z kasbidan voz kechadi, qalbida valilik nuri paydo bo‘ladi. Shayx hazratlari unga qarab: endi yurtingga borib, tariqatni el orasiga yey, chunki sen nasiba topding, deya bashorat etadilar.
Muroqaba yo‘li bilan o‘ziga murid tanlash. Bir kun Najmiddin Kubro muridi Bobo Kamol Jandiyga bir xirqa berib, dedi: «Buni olib Turkiston diyoriga borgin, u yerda muftiy Mavlono Shamsiddinning Ahmadi Mavlono degan farzandi bor, o‘shanga kiydirgin va uni bizning huzurimizga olib kelgin». Bobo Kamol xirqani olib Turkistonga jo‘naydi va Ahmadi Mavlononi topib olib keladi. Ahmadi Mavlononing otasi: bu o‘g‘lim nimjon, kattasini olib boring, u baquvvatroq, deb aytadi. Lekin Bobo Kamol Shayx Najmidain tayinlatani uchun aynan kichik o‘g‘lini olib keladi. Ahmadi Mavlono darhaqiqat ham katta ixlos bilan shariatu tariqat ilmlarini o‘zlashtirib, tezda iste’dodi namoyon bo‘ladi va hatto o‘z akasini ham keyinchalik tarbiyalaydi. Bu Shayx Najmiddinning odamlarni g‘oyibona tanishiga bir misol, xolos.
Izoh qoldirish