
Universitet bunyod etgan Islom ayoli
Dunyodagi eng qadimiy, shu bilan birga, doimiy faoliyatda bo‘lgan universitet Al-Qarovin oliy o‘quv muassasasi hisoblanadi. Ushbu oliy o‘quv dargohi Marokashning Fas shahrida joylashgan bo‘lib, unga milodiy 859-yili Fotima al-Fixriy ismli ayol asos solgan. Bu ilmli ayol boy savdogar oilasidan bo‘lgan. Otasining vafotidan so’ng unga katta meros qolgan. Fotima shaxsiy hashamatparastlik o’rniga boyligini vaqt o’tib islom g’arbining aql markaziga aylangan masjid va ta’lim dargohini bunyod eish uchun sarflashga qaror qilgan. Fotima al-Fixriy uni qurishga ixtiyoriy ravishda qatnashganligi va qurilish ishlari tugaguniga qadar roʻza tutganligi va u yerda Allohga shukronalik o’laroq namoz oʻqiganligi haqida rivoyatlar bor. Universitetda diniy bilimlar, sarf va nahv ilmlari, nutq san’ati, mantiq ilmi, tibbiy intizom, matematika, astronomiya, kimyo, tarix va geografiya kabi fanlardan dars o‘tilgan.Tarixiy nuqtai nazaridan Fotima al-Fixriy davri islom ilm-fani va madaniyatining gullagan davri bo’lib, xalifaliklarda qadimgi asarlar tarjima qilingan kutubxonalar, ilmiy maktablar shakllantirilgan edi. Ayolning bu jarayonda shunchalik muhim o’rin tutgani musulmon tarixida ilm fanning ayollar uchun “yopiq” ekanligi haqidagi ba’zi zamonaviy qarashlarni rad etadi.Islom ayniqsa o’zining ilk davrida ayollarni ta’lim sohasidan aslo chetlatmagan-aksincha,Fotima singari bilimdon ayollar namunasi jinsidan qat’iy nazar ilm va ma’rifatning yuksak qadrini ko’rsatadi.Al-Qarovin keyinchalik Ibn Xaldun va Maymonid kabi mashhur allomalarning ilm olgan maskani bo’lib, bu Fotima asos solgan muassasaning jahonshumul ahamiyatini ta’kidlaydi.Uning hissasi nafaqat islom olamida , Al-Qarovin eng qadimiy va ish faoliyatini to‘xtovsiz davom ettirib kelayotgan universitet ekanini YUNESKO ham e’tirof etgan. Eng qadimiy oliy ta’lim dargohi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
2015-yil 24-iyun kuni Al-Qarovin universitetini qayta tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi va yana qarorda universitet qoshidagi muassasalar va unga qarashli bo’ladigan institutni ham qaytadan tashkil etish ko’rsatilgan edi. Qirol qo’l ostiga kiruvchi bu universitet “Vaqf va islom ishlari” vazirligidan “Oliy ta’lim, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash” vazirligiga o’tkazildi. Universitet ixtisosligi diniy kadrlar tayyorlash, ilmiy bahslar qilish, imom-xatiblar malakasini oshirishga mo’ljallandi.
Universitet tarkibi va bakalavriat darajalari:
Universitet hozirda beshta fakultet va Al-Qarovin universitetiga qarashli bir guruh muassasalarni o’z ichiga oladi. Jumladan:
- Qaraviyn masjidi
- Qirol Muhammad VI qiroat instituti
- Qirol Muhammad VI erkaklar va ayollar uchun diniy xodimlar tayyorlash instituti
- Kasablankadagi islom tafakkuri va svilizatsiya instituti
- Marokash tarixi bo’yicha qirollik instituti
- Qur’on ta’limi madrasasidan tashkil topgan
Fotimaal-Fixriyning qissasi, islom ilmi faqat erkaklar mulki emasligini eslatibgina qolmay zamonaviy talqinlarda islom mohiyatini noto’g’ri talqin qiluvchilarga qarshi kuchli dalil hamdir!
Dilafruz Gulamova
tA`LIM MUASSASASI O`QITUVCHISI
Izoh qoldirish