05.06.2025

"Yoshlarga nasihatim"ni o'qib.

“Yoshlarga nasihatim”ni o’qib

(Til o’rganish borasida)

 

Aziz o’g’il-qizlarim!

Barcha ne’matlarni qadrlang.Xususan, umr bahori bo’lgan yoshlikni behuda ishlarga sarflamang. “qani endi yoshligim qaytsaydi”, deb afsuslanishdan oldin qimmatli umringizni foydali ishlarga sarflab, uni sermazmun o’tkazing.Zero,har bir ne’matning hisob berilajak kuni bor.Buni esingizdan chiqarmang!

Shayx Nuriddin Xoliqnazar

Har bir jamiyat hayotida yoshlarning  o’z o’rni borki, bunga aslo befarq qarab bo’lmaydi.Chunki, yoshlar uning rivoji va yuksalishida katta kuch hisoblanadi. Buning uchun ularni har taraflama ilm-ma’rifatli va odob-axloqli bo’lishi talab etiladi. Shayx Niriddin Xoliqnazar hazratlarining  “Yoshlarga nasihatim” kitobi aynan yoshlarning hayot davomida diniy-dunyoviy ilmlar borasida  izlanish va o’rganishga ,vatanparvarlik ,  halol-pok, mehr-muhabbat, odob-axloq tuyg’ularini, mehnatsevarlik, tinchlikni qadriga yetish, ne’matlarga shukur qilish, sog’likni asrash, vaqtdan unumli foydalanish kabi go’zal tarbiyaviy, ibratli bilimlarni o’rganishga da’vat etadi. Bugungi kunda til o’rganish nafaqat yoshlarning balki barcha yoshdagi qatlamlarning asosiy xoxish istagiga aylanib qolgan. Buni qarangki, ushbu kitobni o’qiyotganimda bir sahifasi meni yanada e’tiborimni tortdi.  Bundan bir necha asrlar oldin ham til o’rganishga bo’lgan ehtiyoj mavjud bo’lganligini quyidagi rivoyat asoslaydi. Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu aytadi:”Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: “Suryoniy(yahudiy tili)ni bilasanmi? Menga ulardan maktublar keladi”, dedilar.Men:”Yo’q”, degan edim, “O’rgan!” dedilar. Men o’sha tilni o’n yeti kunda o’rgandim.Shundan keyin men yahudiylardan maktublar kelsa, uni o’qib berar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga maktub yubormoqchi bo’lsalar, men yozib jo’natar edim”. 

Shu paytda Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu o’n olti yoshdagi yigitcha bo’lgan. Qattiq jidd-u jahd ila qisqa muddatda suryoniy(yahudiy) tilini mukammal o’rganishga muvaffaq bo’lgan.

Ali roziyallohu anhu: “Farzandlaringizga o’zingizning emas, o’zlari yashaydigan zamondagi narsani o’rgatinglar. Chunki ular sizlarning emas, o’zlarining zamonida yashaydilar”, degan

Hozirgi kunda til o’rganish borasida davlatimiz rahbari tomonidan juda ham keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar yo’lga qo’yilgan. Imkoniyatlardan foydalangan holda  yoshlarning bir necha tillarni qisqa muddat ichida  o’rganib, qanchadan qancha manbalarning tarjimalari ustida izlanishlar olib borib, ilmiy tadqiqot ishlari, yangi kashfiyotlar  yaratilishi rivojiga hech qanday to’siqlarsiz  ish olib borishlari mumkin. Buning uchun Jaloliddin Rumiy bobomiz aytganlaridek; “Muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa;diqqat, intizom, harakat”darkor.

 


 

 

Izoh qoldirish