24.05.2025

“Huquqiy savodxonlik oyligi”.

          Joʼybori kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga 2025-yil 23-may kuni Buxoro viloyat Din ishlari bo`yicha qo`mita bosh mutaxassisi H.Norboyev tashrif buyurdi. “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida  “O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta`minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ni targ`iboti bo`yicha hamkorlikda davra suhbati o`tkazildi.  Ushbu konsepsiyaning mazmun-mohiyati va maqsadi H.Norboyev tomonidan batafsil yoritib berildi. “O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta`minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” 2025-yil 25-fevral kuni tasdiqlangan bo`lib, 7 bob, 41 banddan iborat. Konsepsiyaning 1-bobida vijdon erkinligi, dunyoviylik, dunyoviy davlat, dunyoviy qadriyatlar va umumjamiyat manfaatlari kabi asosiy tushunchalar aks ettirilgani aytildi. Ikkinchi bobda O`zbekistonda vijdon erkinligini ta`minlash jarayonining zamonaviy tavsifi, diniy soha doirasida amalga oshirilgan ishlar va qabul qilingan hujjatlar haqida ma`lumotlar mavjud. Uchinchi bob O`zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarida qonuniylik,  vijdon erkinligi, dinning davlatdan ajratilganligi, tenglik, erkin tanlov, dinlararo muloqot va o`zaro tushunish kabi istilohlar ma`ruzachi tomonidan mohiyati ochib berildi va talabalarning fikri ham tinglandi. To`rtinchi bob fuqarolarning vijdon erkinligini ta`minlashning diniy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari bayon etilgan. Beshinchi bob dunyoviy davlatda butun jamiyat manfaatlari va vijdon erkinligi uyg`unligini ta`minlash borasida so`z borgan. Oltinchi bob dunyoviy davlatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari hisoblangan davlat boshqaruvi, iqtisod, ta`lim, tibbiyot, madaniyat, nikoh institutini tartibga solish, ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarini shakllantirish haqida aytilgani izohlandi. Yettinchi bob yakunlovchi qoidalardan iborat ekanligi,  jamiyatda totuvlik, ijtimoiy hamjihatlik, va birdamlik muhiti mustahkamlanishi, dunyoviy davlatda vijdon erkinligini ta’minlash shart-sharoitlari yaratilgani haqida fikr bildirildi. Davra suhabti savol-javob shaklida bo’ldi.  Davra suhbati davomida talabalardan   qonuniylik,  vijdon erkinligi, dinning davlatdan ajratilganligi, tenglik, erkin tanlov, dinlararo muloqot va o`zaro tushunish kabi istilohlar mohiyati so’raldi.

Izoh qoldirish