
Topganing to`yga buyursin!
Yaqinda ko’chada yoshlari 70ga yaqinlashib qolgan ayolga ko’zim tushdi. O’g’li bilan aeroport oldida uzoq suhbatlashishdi. So’ng o’gli aeroportga kirib ketdi. Keyin atrofimga razm solsam, bunday onaxonlar talaygina ekanlar. Onaxonlarimizning birini suhbatga tortdim.Suhbatdan so’ng , hamma narsa ham ko’ringanidek emasligini tushundim. Yaqinda to’y qilgandim. Orzu-havas keraksiz dabdabalar tufayli juda katta qarz bo’ldik. Onaxoning bu gaplaridan ancha ajablandim. Keyin qo’llarini duoga ochib duo qildilar. Duoning so’ngida “Topgan, tutganinggiz to’ylarga buyursin” - deya men bilan xayrlashdilar. Ayni shu so’ngi jumla meni o’yga tortdi. Bugungi kunda haqiqatdan ham shunday emasmi. Onajonlarimiz qizlari balog’at yoshiga yetmasdan, sepingga deya narsalar olib qo’yishadi. Otaxonlarimiz esa oylar, yillar davomida qiynalib topganlarini , to’y qilaman deya olib qo’yishadi. Hamma orzu qilib kutgan o’sha go’zal oqshom ham bo’ladi. Kamida besh ming dollirga to’yxona, ming dollirga kelin ko’ylak, qudalarga boshdan oyoq saroplar ikki ming dollirga, dasturxonga tortiladigan noz-ne’matlar uch ming dollirga(dasturxonga tortilgan ba’zi taomlarni to’y egalari umri davomida birinchi marta ko’rishgan), fotiha to’y, kelin salom, oqshomga tashrif buyuradigan san’atkorlar besh ming dollir. To’ydan oldin kuyov kelinga qiladigan “merry me”, “love story” lar, kelin esa kuyovning xonadonini gilamidan idish-tovoqlarigacha olib yasatishi. Sanab sanog’iga yetib bo’lmaydigan orzu-havaslarimiz. Mana shularning barchasi uchun o`n yillab ishlab topgan pullarini sarflashadi. Agarda yetmasa kredit, qarz-havolalar qilib to’y qilishadi. To’y kuni esa to’ychilarimiz hayoti davomida ko’rmagan, bilmagan, uzoq-yaqin qarindoshlarini chaqirib, “qara, men qanday to’y qildim” degandek ko’z-ko’z qilishadi. Bunday bazmni ko’rgan boshqa odamlar esa ko’r- ko’rona bunga ergashishadi. Ammo qizlari o’qishga, ilm olishga harakat qilsa, “qiz bola birovning hasmi. Ertaga boshqa birovning uyiga ketasan. O’qish umuman kerak bo’lmaydi. Undan ko’ra pazandachilikni o’rgan” degan gaplarni miyyasiga singdirishadi. Bo’lajak kuyovto’ramiz esa yoshligidan ota-onasining tayyorlagan oshini yeb, ulg’ayganda ular qilib beradigan to’y , kelin olib keladigan sarpo-yu, jihozlarini tanlab, fikr berishadi. Xo’sh, o’zingiz ayting, bunday qurilayotgan oilaning kelajagi qanday bo’ladi.
Yuqorida sanab o’tgan pullarimizni hisoblasak, o’rtacha bir yuzi ellik million so’mdan oshadi. Biz yana qaysi davlatta ko’rganmiz, bunday “orzu- havasli” to’ylarni. Yana qayerda ko’rgansiz, odamlarning ko’zi uchun isrofidan,gunohidan qo’rqmasdan bunday to’y qilinganini. Dunyo ilmi, kashfiyotlari eng yuqori cho’qqisiga chiqayotgan bir pallada, biz nega farzandlarimizni bilim olishi uchun yaltiroq qog’ozlarni qizg’anamiz? Dunyo boshqa sayyorada yangi dunyo yaratmoqchi bo’lib turgan pallada, biz ming , yuz yillar oldingi olimlarimizni ko’rsatishimiz kerak. Biz ularga mos avlod bo’la olyapmizmi? Bizning ajdodimiz shular deya maqtanib aytaolamiz-u , ammo chuqurroq qilib so’ralganida ularning hayot yo’li, faoliyatidan bir daqiqalik ma’lumot aytib bera olmaymiz. To’g’ri, biz Al-Buxoriy, Alisher Navoiy, Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy , Behbudiy , Qodiriylarning topganini to’yga sarflayotgan avlodlarimiz!
Ta`lim muassasasi matbuot kotibi: Qurbonova Farangis.
Izoh qoldirish