15.05.2025

Islomofobiyaning jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’siri

 

Islom dinining tinchlikparvarlik mohiyatini uning muqaddas manbalaridan biri hadisi sharifda: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdirki, bundan ko‘p odamlar mahrumdirlar”, deyilganidan ham bilish mumkin. Ushbu hadisdagi “Tinchlik va xotirjamlik” barcha insonlarning birlashgan holda tinchlik yo‘lini tutishlari, uni barqaror qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlari va qadriga yetishlari zarurligini bildiradi. Darhahiqat, Alloh taoloning buyuk ne’mati bo‘lmish tinchlikdan hamma ham barobar bahramand emas. Chunki, dunyoning turli mintaqalarida nohaq qon to‘kilishlar, xunrezliklar sodir bo‘lmoqda. Eng afsuslanarlisi, bu kabi gunoh ishlar terrorchilik harakatlarining ko’p qismi muqaddas islom dini nomi bilan sodir etmoqda.

Islamofobiya–jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikka raxna soluvchi diniy ksenofobiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, u islom diniga, unga e’tiqod qiluvchilarga
va shu din bilan bog‘liq obyekt va tushunchalarga bir yoqlama, ya’ni salbiy jihatdan yondashuvning natijasidir.Shu o’rinda “ksenofobiya” tushunchasiga to’xtalib o’tamiz. Ksenofobiya – (yunon. ksenos – begona; fobos – qo‘rquv) begona, notanish bo‘lgan narsa yoki tushunchadan qo‘rqish ma’nosinianglatadi. Ksenofobiya bu tabiiy bo‘lmagan, insondagi biror notanish narsaga nisbatan
haddan ortiq nafrat hissining yuzaga kelishi, asab tizimining izdan chiqishi holatidir.
Insondagi ushbu psixologik xususiyat harqanday yangilikni, u yaxshi yoki yomon
bo‘lishidan qat’i nazar, hadiksiragan holdaqabul qilishdan iborat. O‘z davrida Nikolay Kopernik (1473–1543yy, Yerni olam markazidan olib tashlagan geliosentrik kosmologiyani shakllantirgan birinchi inson), Galileo Galiley (1564–1642yy,  planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mexanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur), kabi olimlarning olamshumul ixtirolari katta shubha va qo‘rquv bilan qabul qilingan.
XIX asrda mahalliy xalqlar o‘rtasida “Tunuka tom yopilgan uyga farishta kirmaydi”, “kartoshka – musulmonning taomi emas”kabi mutaassibona fikrlar tarqalgan.
Bunday gaplarni eshitganda kulib qo‘yasiz. Ammo XXI asrdagi sivilizatsiya jarayonlari jadallashuvi davrida ham insonlar orasida ijobiy yangilikka nisbatan qo‘rquv hissi yo‘qolmadi. Qo‘rquvning obyekti o‘zgardi,xolos. Tibbiyotda bu so‘z insondagi notanish shaxs, narsa, hodisa va boshqalardan qo‘rqish yoki ulardan nafratlanishtuyg‘ularini bildiradi. Begona narsalardan yotsirab qo‘rqish, ayniqsa, yoshgo‘daklarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ksenofobiya irqiy yoki diniy kamsitishlarga sabab bo‘ladi.

Diniy ksenofobiyadan tashqari etnik, milliy, irqiy ksenofobiya turlari mavjud. Biror xalqqa (etnosga) nisbatan hadiksirash, qo‘rquv bilan qarash va shu qarashlar bilan bog‘liq xatti-harakatlar etnik ksenofobiyaning bir ko‘rinishidir.
Ommaviy axborot vositalarida “terrorizm” va “islom” so‘zlari ko‘p holatlarda birgalikda ishlatilmoqda, oqibatda islomdan qo‘rqish – islamofobiya tushunchasi yuzaga keldi.Islamofobiya ba’zan “diniy kamsitish” (diniy diskriminatsiya) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. “Diniy kamsitish” kishilarning haq-huquqlarini diniy mansubligiga ko‘ra chegaralashdan iborat.
Islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan ekstremistik guruhlarning faoliyati islamofobiyaning kuchayishiga olib keladi.Bunday guruhlar islom manbalarini buzib, o‘z manfaatlariga mos ravishda talqin etadilar. Shuningdek, ular o‘z manfaatlari yo‘lida hech qanday muqaddas narsani – din-u diyonatni, millat va Vatanni tan olmaydilar. Bunday guruhlarni islom nomi bilan bog‘lash, ular olib borayotgan xunrezliklarni “islomning shartlari” sifatida talqin etish mumkin emas.

Diniy ksenofobiyaning ko‘rinishlari boshqa jahon dinlariga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, xristianlik diniga nisbatan sal biy munosabat “xristiano fobiya”, yahudiylik diniga nisbatan salbiy munosabat “yudofobiya” deb ataladi.

Xristian diniga mansub bir oila ketayotgan avtomobil harbiy harakatlar avj olgan hududdan o‘tib borardi. Jangarilardan biri ularning avtomobilini to‘xtatib:
“Sen musulmonmisan?” deb so‘radi. Oila boshlig‘i “ha” deb javob berdi. “Unda
Qur’ondan bitta sura o‘qib ber”, – dedi jangari. Oila boshlig‘i Injildan bir oyat
o‘qidi. Jangari ularni qo‘yib yubordi. Yo‘lda borar ekanlar ayoli oila boshlig‘iga:
“Bu nima qilganingiz? Hammamizni xatarga qo‘ydingiz. Agar u odam Injildan
o‘qiganingizni bilib qolsa, nima bo‘lardi?” – dedi. “Qo‘rqma, u Qur’onni bilmaydi,
bilganida jangari bo‘lmas edi”, – deb javob berdi oila boshlig‘i.

Islom dini insonlarni tinchlikka da’vat etadi. Zero, Islom so‘zi ham aslida «Salima» - sog‘-salomat, bezarar bo‘lmoq kabi ma’nolarni bildiradi. Musulmonlar ham o‘zaro salomlashganda, bir-birlari bilan «Assalomu alaykum», ya’ni « Sizga tinchlik, omonlik tilayman» degan qutlug‘ duo bilan so‘rashadilar.

1965-yil 21-dekabr kuni  Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiya qabul qilingan. 1969-yil 4-yanvar kuni kuchga kirgan ushbu konvensiyaga 182 ta davlatlar a’zo bo’lgan. Konvensiyaning bajarilishi ustidan monitoringni BMTning Irqiy kamsitishni tugatish qo‘mitasi amalga oshiradi. O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga 1995-yil 31-avgustda qo‘shilgan. Konvensiya O‘zbekistonda 1995-yil
28-oktabrdan kuchga kirgan.

2020-yil 15-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senati Kengashlarining “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining O‘ninchi – O‘n ikkinchi davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish bo‘yicha qo‘mitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi haqida”gi Qo‘shma qarori qabul qilindi.

         Davlatimiz rahbari  tinchlikni asrash va Islom dinining ahamiyati haqida ta’kidlaganidek: « Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlar rivojiga rahna solayotgan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotganining guvohimiz. Bu sharoitda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishi, barkamol o‘sishiga jiddiy e’tibor qaratish har qachongidan ham bugun muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi. Insonlarni ezgulikka da’vat etadi. Saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi. Muqaddas Islom dinimiz bizga shuni o‘rgatadi. Alloh taolo butun dunyo xalqlariga tinch va farovon hayot kechirishlarini nasib etsin. Tinchlikdek ilohiy ne’matning qadriga yetib, uni avaylaylik. Yurtimiz tinch, elimiz obod bo‘lsin!

 

 

                                                                                                                                                                                                                          Dilafruz Gulamova

 

Izoh qoldirish