
“O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ni o’rganish bo‘yicha seminar
2025 yil 12-may kuni Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ni o’rganish bo‘yicha seminar o’tkazildi. Seminarda ta’lim muassasasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Boltayeva “O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” qabul qilinishi, konsepsiya boblari va mazmuni, “vijdon erkinligi”, “dunyoviylik”, “dunyoviy davlat”, “dunyoviy qadriyatlar”, “diniy bag’rikenglik”, “millatlararo totuvlik”, “dinlararo muloqot va o’zaro tushinish” tushunchalari mohiyatini ochib berdi. Seminar davomida “konsepsiya” tushunchasining mazmun mohiyati, konsepsiya boblarining hozirgi kundagi ahamiyati, O’zbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy ta’lim tizimi, konfessiyalararo totuvlikni va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar, va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari to’g’risida fikr bildirdi. Seminar oxirida talabalar O’zbekiston Respublikasida diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar , davlat va din munosabatlari to’g’risida mulohazalarini bildirdi.
D.Boltayeva
Izoh qoldirish