
Din va dunyo masalalarida “Bag’rikenglik” tushunchasi
Аzal-azaldan o‘zaro qardosh va birodar bo‘lgan mamlakatlarimiz ko‘pgina
mintaqaviy va global masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha yaqin
hamkorlikda harakat qilishni boshladi. Jahon siyosatshunosligida “Markaziy
Osiyo ruhi” degan ibora paydo bo‘ldi...
Jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Har
yili Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadigan 30-iyul sanasi O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb e’lon qilindi. Bu yil ushbu bayram mamlakatimizda birinchi bor keng nishonlandi. Buni ham ichki va tashqi siyosat omillari birlashadigan mushtarak hodisa sifatida qabul qilish mumkin.[1]
Yuridik jihatdan tan olingani yoki olinmaganidan qat’i nazar, barcha davlatlar din
va e’tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e’lon qilganlar. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Ular insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasidagi “tolerantlik” so‘zi o‘zbek tiliga “bag‘rikenglik” deb tarjima qilinganidan keyin, tilimizda o‘rnashib qoldi. Rus tilida “терпимость” so‘zi boshqachasiga aytganda “снисходительность”, ya’ni bag‘rikenglik, kengfe’llik ma’nolarini anglatadi. Diniy soha haqida gap ketganida
rus tilida “веротерпимость” so‘zi ishlatiladi. O‘zbek tilida “diniy bag‘rikenglik” iborasi aynan shunga mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish bo‘yicha takliflarini ilgari surgan edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
“XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan krestyanlar nochor ahvolga tushib qolganda mahalliy aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton: “...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldi, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lardi”, degan edi.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilishicha, Payg‘ambar alayhissalom oldilaridan o‘tayotgan g‘ayridinning janozasiga hurmat ko‘rsatib, o‘rinlaridan turdilar. Bundan taajjublangan odamlarga qarab, uning ham inson ekanligini eslatdilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil oldin respublikamiz hududida 70 ga
yaqin millat vakillari istiqomat qilgan. 1926-yili mamlakatimizda 90 ta millat va
elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1959-yili ularning soni 113 taga, 1979-yilda esa
123 taga yetgan, 1989-yildan hozirgacha bo‘lgan vaqt mobaynida esa 130 dan
ortgan.
Qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, muloqot davomida insonlar
“Yaratganga shukur”, “Xudo xohlasa” kabi so‘zlarni ko‘p aytadilar. Bunday muloqotlarni dinlar o’rtasidagi o’zaro hurmat va mehribonlik munosabatlarining eng go’zal va oliy ko’rinishi deb e’tirof etish diniy bag’rikenglikning yana bir yorqin ifodasi bo’lib xizmat qiladi.
Abduhakimova Ma`mura
Ta`lim muassasasi 3-kurs talabasi
[1] Shavkat Mirziyoyev, “Yangi O‘zbekistonni barpo etish – bu obyektiv zaruratdir”. “Yangi O‘zbekiston” gazetasi, 2021-yil 17-avgust
Izoh qoldirish