-large.jpg)
“Motiridiylik ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvi
2025-yil 28-aprel kuni “Jo`ybori kalon” ayol-qizlar o`rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari orasida “Motiridiylik ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvi o’tkazildi.

Ta`lim muassasasi direktori O.Sharipova tadbir ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasining diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlari mazmuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to’g’risida” 2025 yil 14-mart kunidagi qarori qabul qilingani, Samarqand shahrida 30-aprel kuni “Moturidiylik-bag’rikenglik, mo’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilyotgani, diniy aqidaparast oqimlarga Imom Moturidiy asarlari orqali raddiyalar berilayotgani, Imom Moturidiyning tarjima qilingan asarlari haqida fikrlarini bildirdi.

Ushbu intellektual bellashuvning maqsadi:
✅ Talabalar Imom Moturiduyning ibratli hayot yo`li va boy ilmiy-ma`naviy merosini har tomonlama chuqur o`rganishni rag`batlantirish;
✅ Davlat va din munosabatlari tushunchasini talabalarga har tomonlama chuqur o`rganishlarini tashkil etish;
✅ Moturidiylik ta`limotiga xos bag`rikenglik vа mo`tadillik tamoyillarini talabalar orasida keng targ`ib qilish;
✅ diniy ta`lim muassasalari talabalari o` jaholatga qarshi ma`rifat g`oyasi asosida ma`naviy-ma`rifiy tarbiya va targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish;
✅ sog`lom dunyoqarash va ma`naviy tarbiyaning uzviyligini ta`minlash, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash;
✅ yoshlarga Vatanga muhabbat tuyg`usini kuchaytirish, milliy an`analarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash.

Shuningdek, talim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Boltayeva Imom Moturidiy hayoti, ustozi, shogirdlari, fiqh va kalom ilmida qoldirgan asarlari haqida ma’lumot berdi.
Mazkur intellektual o’yinda jami 3 ta jamoada 4 nafardan 12 nafar talabalar ishtiroki ta’minlandi va “Muslihalar” jamoasi g’olib jamoa deb topildi. Tadbir yakunida ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har uchchala jamoa ishtirokchilariga diplom va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.


O’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot bo’limi
boshlig’i N.K.Raximova
Izoh qoldirish