
“Diniy soha xodimlarining asosiy vazifalari va majburiyatlari”
2025 yil 21-aprel kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Diniy soha xodimlarining asosiy vazifalari va majburiyatlari”” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Rizvon Bahromova, Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasining xodimi, kapitan Xayitova Hilola ishtirok etdilar.

Tadbirni ta’lim muassasasi direktori O.Sharipova ochib, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlari mazmuni, diniy soha xodimlari jamiyatda qaysi vazifa va majburiyatlarga rioya qilishi kerakligi, diniy soha xodimlari o’z kasbining yetuk mutaxassisi bo’lishi kerakligi, muomala madaniyatiga doimo rioya qilishi zarurligi haqida gapirdi.

Shuningdek, Buxoro viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Rizvon Bahromova otinoyilarning o’z sohasini yaxshi bilishi, odob-axloqli bo’lishi lozimligi, ayollar bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi, diniy soha xodimlari har qanday ortiqcha munosabatlardan yiroq bo’lishi lozimligi, jamiyatda oilaviy nizo va ixtiloflarni yechishda otinoyilar roli beqiyosligi, otinoyilarning 10 ta vazifasi haqida fikr bildirdi.
Tadbir davomida Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasining xodimi, kapitan Xayitova Hilola diniy soha xodimlarining dinning asl mohiyatini tushuntirishda roli, noqonuniy diniy materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish bo’yicha javobgarlik mavjudligi, noqonuniy diniy ta’lim berish javobgarlikka sabab bo’lishi haqida ta’kidladi. Tadbir so’ngida talabalar tadbir ishtirokchilariga o’zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari: D.Boltayeva
Izoh qoldirish