
Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti, faoliyatiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir
2025-yil 18-aprel Jo'ybori Kalon o'rta-maxsus islom ta'lim muassasasida Turkiston jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti, faoliyatiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda ta’lim muassasasi direktori O.Sharipova Mahmudxo’ja Behbudiy hayoti, faoliyati, ma’naviy merosi haqida gapirib, bularni har bir yosh avlod bilishi lozimligi haqidagi fikrlarini bildirdi. Unda: taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqandda tug‘ilganligi, Mahmudxo‘ja Behbudiy 18 yoshidan qozixonada mirzalik qilib, qozi, muftiy darajasiga ko‘tarilgani, Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiya kabi davlatlarni kezib chiqqanligiga oid ma’lumotlarni bayon qildi. Sayohatlari davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib borganligi, Samarqand yaqinidagi “Halvoyi” qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochganligi, Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishib, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yib, yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishganligi haqidagi ma’lumotlarni aytdi.
“Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Risolai jug‘rofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntahabi jug‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1906), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi asarlar chop ettirgani haqida talabalarga ma’lumot berildi.

Tadbir davomida Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga doir talabalarga bukletlar tarqatilib, mutafakkir haqidagi film namoyish etildi.

Ta`lim muassasasi ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari: D.Boltayeva
Izoh qoldirish