
Ro‘zaning uch darajasi bor:
1. Ommaviy (oddiy) ro‘za – faqat ovqat, ichimlik va jinsiy aloqadan tiyilish bilan cheklangan ro‘za. Bu ro‘za tashqi jihatdan to‘g‘ri bo‘lsa-da, mukammal darajaga yetish uchun yetarli emas.
2. Xos (maxsus) ro‘za – nafaqat yeb-ichish va jinsiy aloqadan, balki gunohlardan ham tiyilish. Ko‘z, quloq, til va qalbni ham gunohlardan saqlash lozim. Masalan, g‘iybat qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, yomon ko‘z bilan qaramaslik.
3 Xosul xos (eng oliy) ro‘za – bu daraja Allohdan boshqa narsalar bilan qalbni band qilmaslikdir. Inson butun vujudi bilan Allohga bandalik qiladi, dunyoviy tashvishlarni unutadi va faqat Allohga yaqinlashishga intiladi. Bu darajadagi ro‘za taqvodor va solih kishilarga xosdir.
Xos (maxsus) ro‘za – bu faqat ovqat va ichimlikdan tiyilish bilan cheklanmaydigan, balki butun a'zolarni gunohlardan saqlashga asoslangan ro‘zadir. Bu ro‘za darajasi Allohga yaqin bo‘lishni istagan mo‘minlar uchun juda muhimdir.
Xos ro‘zaning asosiy shartlari:
👉. Ko‘zni saqlash – harom narsalarga qarashdan tiyilish. Begona nomahramlarga yoki harom bo‘lgan manzaralarga qarash ro‘zaga putur yetkazishi mumkin.
👉. Tilni saqlash – yolg‘on, g‘iybat, behuda gap-so‘zlardan tiyilish. Ro‘zadorning so‘zlari chiroyli va foydali bo‘lishi lozim.
👉Quloqni saqlash – harom va behuda gaplarni eshitmaslik. G‘iybat yoki yomon so‘zlarni tinglash ham gunoh sanaladi.
👉Qo‘l va oyoqlarni saqlash – zulm qilish, birovga zarar yetkazish yoki gunohli ishlarni qilishdan tiyilish.
👉Qalbi va fikrni tozalash – hasad, kibr, nifoq kabi yomon his-tuyg‘ulardan saqlanish. Ro‘za faqat badanni emas, qalbni ham poklashi kerak.
Xos ro‘zaning savobi:
🔔Bunday ro‘za tutgan insonning nafaqat ochlik va chanqoqlikka bardosh bergani, balki butun vujudi bilan Allohning roziligini izlagani uchun savobi ham ulug‘ bo‘ladi. Rasululloh 🩷aytganlar:
"Kim yolg‘on gapirish va yolg‘onchilik bilan ish qilishni bas qilmasa, Allohning unga yeb-ichishni tark etganidan hech qanday ehtiyoji yo‘q." (Buxoriy rivoyati)
Ya’ni, haqiqiy ro‘za faqat yeb-ichishni tark etish emas, balki har qanday yomonlikdan gunohlardan tiyilishdir.
2-kurs talabasi️ Izzatilloyeva M
Izoh qoldirish