Rosululloh sallalohu alayhi vasallamning marhamatlari.
Rosululloh sallalohu alayhi va sallamning majlislari doimo diniy va dunyoviy madrasa edi. Buni tushunish uchun u zotning siyratlarini aql ila oʻqish kifoya qiladi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:
مَنْ لاَ يَرْحَم لاَ يُرْحَم
"Kim rahm qilmasa, unga rahm qilinmaydi"
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari) deganlar.
Bir arobiy keldi. Nabiy alayhissalomning nabiralari Hasan u zotning oldilarida edi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam uni oʻpdilar. Shunda arobiy dedi:
- Sizlar bolalaringizni oʻpasizlarmi? Biz esa oʻpmaymiz!
Nabiy alayhissalom aytdilar:
- Alloh sening qalbingdan rahmatni sugʻurib olgan boʻlsa, men nima ham qila olar edim? Kim rahm qilmasa, unga ham rahm qilinmaydi!
Alloh taolo adolat ila jazoni ham, mukofotni ham oʻz jinsidan qilib qoʻygan. Yaxshining mukofoti oʻziga oʻxshagan yaxshi boʻladi. Yomonning jazosi oʻziga oʻxshagan yomon boʻladi.
Bir kuni Nabiy alayhissalomning majlislariga Aqraʼ ibn Horis keldi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning atroflarida nabiralari Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo oʻynab yurgan edi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam nabiralarini erkalab oʻpdilar. Shunda Aqraʼ dedi: "Mening oʻnta bolam bor. Ularni biror marta oʻpganim yoʻq!
Boshqalar yoʻqligida ular uchun aytgan har bir yaxshi gapimiz biz uchun zaxiradir .Kun kelib yoʻqligimizda ham biz haqimizda yaxshi gaplar aytishadi!
Oʻzimiznikidek himoya qilganimiz har vir obroʻ biz uchun zaxiradir. Kelajakda birov bizni beobroʻ qilishni istasa, u bizni himoya qiladi.
Hatto vafot etib ketganlar haqqiga qilgan duoyimiz ham biz uchun zaxira. Bir kuni vafot etganimizda bizni ham duo qiladiganlar topiladi.
Yaxshilikni Alloh kabi muhofaza qiladigan hech kim yoʻq.
"Nabaviy tarbiya" kitobi asosida tayyorlandi.
“Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabasi Davlatova Hilola
Izoh qoldirish