Sahobalarning fazli
بسم الله الرحمن الرحيم
Oʻz kitobida sahobai kiromlarni madh etgan Alloh taologa va U Zotning jaloliga yarasha beadad hamdu sanolar boʻlsin.
Sahobai kiromlarni tengi yoʻq avlod qilib tarbiyalagan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mukammal va batamom salovotu durudlar boʻlsin.ar birlari "tirik Qurʼon" va yoʻlchi yulduz boʻlgan sahobai kiromlarga Alloh taaloning roziligi boʻlsin.
Musulmonlarning birinchi avlodi boʻlmish bu avlod chindan ham insoniyat tarixidagi oʻhshashi yoʻq avloddir.
Musulmonlarning bu avlodi Alloh taoloning kalomida va Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida madh etilgan, musulmonlar jumhuri tomonidan quvvatlanib,hozirgacha madh etib kelinayotgan saodatmand bir avloddir.
Musulmonlarning bu avlodi yer yuzida iymonning barqaror boʻlishi uchun, Alloh taolo tavhidining shirk va kufrdan ustun kelishi uchun uchun mollari-yu jonlarini fido qilgan, shu maqsad yoʻlida duch kech kelgan barcha toʻsiqlarni sabot ila yengib oʻtgan mardonavor bir avloddir.
Sahobai kiromlarning baʼzilari farishtalarni koʻrgan, farishtalarning yordamidan foydalangan va hattoki baʼzi hollarda farishtalarning havasini keltirib yashagan ajoyib insonlar jamoasidir.
Bu madhlarni qanchalik davom ettirsak shuncha kam lekin bularning birortasi ham mubolagʻa emas.
Shu bilan birgalikda ayrim kimsalarning insoniyatning duru gavhari boʻlgan sahobayi kiromlar haqida turli boʻhton va mishmish gaplarni aytishlari, sahobiyya ayollar hatto moʻmininlarning onalariga ham tuhmat toshini otishlari insonni taajubga soladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalar fazli va ularning shaniga aytgan yuzdan ortiq hadislarini bemalol keltira olamiz.
Imron ibn Hasson roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
"Nabiy alayhissalom:
"Ummatimning eng yaxshisi mening asrimdagilardir.Soʻngra ulardan keyin keladiganlari.Soʻngra ulardan keyin keladiganlari" deganlar.
Ushbu hadisda payg'ambarlardan keyin eng yaxshi insonlar sirasida sahobalar birinchi oʻrinda zikr qilinishidan ham bilishimiz mumkinki ular Allohning suygan bandalari, Rosulining yoʻldoshlaridir.Bunday Zotlarni yaxshi koʻrmaslikning iloji yoʻq ularga nomunosib soʻzlarni aytish esa tuhmatdir.
“Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi Oʻrinboyeva Maxliyo
Izoh qoldirish