Gender tengligi o’zi nima?
Bugungi kunda, butun dunyoda “Gender tengligi” deb atalmish shior bong urmoqda. Xo’sh, gender tengligi o’zi nima? U bizning an’ana, madaniyatlarimizga xosmi? Har qanday holatda ham unga amal qilaversa bo’laveradimi? Keling, shu borasida qisqacha to’xtalib o’tsak!
Umumiy holatda, “Gender tengligi” nisbiy tushunchadir. Ya’ni, hech bir zamon ayol va erkak har qanday jabhada ham teng bo’lavermgan va bu mezon shundayligichi qolaveradi. Misol uchun, siz eringizga kelib, kecha men ovqat qildim, bugun siz pishirib, idishlarni yuvib, kirlarni osib qo’ying, deyolmaysiz. (Desangiz ham, ko’ziz ko’karsa, o’zingizdan deb biling!) Shuningdek, 5-qavatda yashasangiz va eringiz sizga kelib, kecha men yuklarni tashidim, bugun sening navbating, desa bo’lmaydi. Bunga o’zimiz ham sabr qila olmaymiz.))
Undan tashqari, ibo-hayo, farosat, nazokatlik kabi bir necha jihatlar borki, ayol kishi bu borada eridan ildamlamas ekan, bu oilaning uzoq umr ko’rishi amri mahol bo’lib qoladi. Hamda, erkaklar ham kuch-qudrat, jasorat, oliyjanoblik kabi jabhalarda ayoliga qalqon bo’lmoqligi lozim.
Unday bo’lsa, gender tengligi degan tushuncha qaysi o’rinda qo’llaniladi?
Bugungi kunda yurtimizda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning asl zamiri, ayollarning ham erkaklar kabi ijtimoiy, siyosiy va boshqaruv sohalarida faol ishtirok etishi, o’z fikrini bildira olishi, jamiyatda o’z o’rnini egallab, jamiyat rivoji uchun hissa qo’sha olishligi kabilarni isloh qilishlikka qaratilgan.
Azizlar, o’z tushunchalarimizni to’g’rilab olaylik! Tangani 2 tomoni bo’lgani kabi, har bir narsani to’g’ri, ijobiy tomonga yo’naltirishga intilaylik. Lekin, shu bilan birgalikda tashqi kuchlar tomonidan otiladigan olovli o’tlardan ham boxabar bo’laylik. Ularning zararli g’oyalari ilon kabi oramizga sizib kirishi, yoshlarimiz ongini zaharlab, bizni o’zligimizdan, madaniyatimizdan ayro qilishligiga qo’yib qo’ymaylik!
“Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar o'rta maxsus islom
ta'lim muassasasi talabasi Ashurova Iroda
Izoh qoldirish