13.01.2025

Nodira

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792- yil Andijonda tavallud topib —1842-yil Qo‘qonda vafod etgan) — shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi hissoblanadi. «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — Ming qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog‘asi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va uni 1807- yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she’r yozishni mashq qiladi. Shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Turmush o'rtog'i Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.

1822 yilda Umarxon vafot etib, uning o‘g‘li, 14 yoshli Muhammad Alixon (Ma’dalixon) taxtga ko‘tarildi. Lekin davlatni asosan Nodiraning o‘zi idora qildi. U madaniyat va san’atni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan: "Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va so‘zning qadriga yetadigan donishmand ayol ekanligini ko‘rsatishdir..." deb yozadi.
Umarxon vafotidan so'ng Chahorchaman bog‘iga borib, Farg‘ona, Toshkent, Xo‘jand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi. 
Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini o‘zi shaxsan ko‘zdan kechirib turgan. Yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib mukofotlagan.

Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga e’tibor bergan. Go‘ristoni kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettirgan.

Nodirabegim kabi ko'plab madrasalar bunyot etilishida o'zbek ayollarining o'rni boshqacha. Ular tarixda muhrlanib qolgan.

Buxoro viloyatida joylashgan Joʻybori Kalon madrasasining qurilishida ham o'zbek ayoli tashabbuskorlik qilgan (Joʻybor madrasasi, Madrasai Joʻybor, Xoʻja Joʻybori Kalon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi) kabi nomlar bilan atalgan.

 Bu madrasa Oʻzbek hukmdori Abdulazizxon (1645—1681) davrida uning onasi Podshoh oyim donatorligida xonlik poytaxtidagi Joʻybor mavzeining Havzi nav guzarida bunyod etilgan. Buxorodagi eng nufuzli va dovruqli madrasalardan boʻlgan. Tarixiy manbalarda Joʻybori Kalon madrasasiga oid koʻplab maʼlumotlar berilgan. Bir qavatli madrasada 29 ta hujra va katta kutubxona joylashgan boʻlgan. Uning kutubxonasida 8 ming jilddan ortiq kitoblar saqlangan. Sovetlar davrida madrasada talabalarga ilm berish faoliyati tugatilib, molxona, keyinchalik novvoyxona, soʻngra shisha idish qabul qiladigan maskanga aylantirilgan. Natijada madrasa tashlandiq holatga kelgan. Madrasa faoliyati 1992-yil 1-sentabrdan qayta tiklangan. Endi u Joʻybori Kalon ayol-qizlar islom oʻrta-maxsus bilim yurti sifatida hozirga qadar faoliyat koʻrsatib kelyapti. Unda talabalar dars jarayonida diniy va dunyoviy fanlarni oʻzlashtirishyapti.

Nodirabegim, Oyposhsha bibi singari ilmli ayollarning o'rni hozirga qadar bilinadi. Ulardan qolgan asarlar, madrasalar, g'azallar esa yoshlarimiz hayotida alohida o'rin egallagan. Bugungi kunda, dunyoviy davlatimizda ilmli ayollarning ko'payishi foydadan xoli emas. Diniy bilim-yurtlarida tahsil olgan ilmli ayollar o'zlarining tashabbuslari bilan kelajak yoshlariga o'rnak bo'lgan holatda, mamlakatimiz ravnaqi uchun harakat qilishlari benihoya zarurdir.  Axir bu bizning yangi O'zbekistonimizning yuksalishiga o'z hissasini qo'shadi.

“Jo'ybori Kalon” ayol-qizlar o'rta maxsus islom

 ta'lim muassasasi talabasi Hamidullayeva Hanifajon 

Izoh qoldirish