Zinoning oqibatlari.
Alloh taolo bandalarini o‘ziga ibodat qilish uchun yaratdi.Unga ibodat qilishimiz, qaytarganlaridan qaytish va buyurganlarini bajarish bilan bo‘ladi.Lekin ming afsuslar bo‘lsinki bugungi kunda o‘z haddimizdan oshib ketdik.Alloh taolo chegarab qo‘ygan chegaralarni buzib o‘tyapmiz.Go‘yo‘ki hech narsa bo‘lmagandek, zararlari va oqibatlarini ham o‘ylab ko‘rmayapmiz hattoki.Alloh taolo bandalariga hech ham yomonlikni xohlamaydi, bir narsadan qaytardimi, u bizni foydamizgadir, aqlimiz uni idrok qilishdan ojiz albatta,lekin shunday bo‘lsada bandalariga mehribon bo‘lgan Zot zararlarini ham ochiq oydin bayon qilsa ham biz bundan ko‘z yumyapmiz.
Hozirgi kunda keng tarqalgan va hattoki ba‘zi bir toifalar uchun oddiy holga aylangan zinokorlik jamiyatimizni halokatga boshlamoqda.Zino (atabcha:faxsh,buzgʻunchilik)-isom shariati boʻyicha, bir biriga halol bo‘lmagan,ya'ni nikohsiz erkak va ayolning qo‘shilishiga aytiladi.
Alloh taolo Qur'oni Karimning Isro surasi 12-oyatida aytadiki :"Va zinoga yaqinlashmanglar.Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir".
Eʼtibor beradigan boʻlsak, oyatda Alloh taolo bandalariga zinoga yaqinlashmanglar deyapti, bu degani zino qilmanglar deyishdan koʻra taʼkidliroqdir, yaʼni zinoni yaqiniga ham bormanglar.Qaysi bir jamiyatda shunday buzgʻunchiliklar koʻpaysa oxiri falokatga uchraydi. Bunga tarix ham guvohdir.Bundan tashqari,zino orqali inson o'ziga ko'plab zararlarni ortirib oladi.Masalan:naslning buzulishi,bolani oldirish yoki tug'ilganidan keyin xor bo'lishi,zinokor o'ziga bir umr sharmandalikni ortirishi va yana meditsina tomonidan aniqlangan ko'lab zararlari bor, biz faqatgina sanoqlisini aytib o'tdik.
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda kelishicha, Rusululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar " Ey musulmonlar zinodan saqlaninglar,chunki uning oltita yomonligi bordir uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda: uchta dunyodagisi-chiroyligi ketadi ,kambagʻalligi bardavom boʻladi va umri qisqa boʻladi. Uchta oxiratdagisi - Allohning gʻazabi,yomon hisob va doʻzaxdir".
Ba'zi bir insonlar zinoni o'ta tor doirada tushunishadi.Lekin uning turlari ko'p, biz faqatgina bir turini aytdik xolos, aslida ko'z zinosi- nomahram erkak yoki ayolga yomon nazar bilan qarash, til zinosi-yomon, buzuq so'zlarni aytish,qo'l zinosi-nomahram bo'lgan kishini ushlash,oyoq zinosi- fahsh, buzuq ishlar uchun boradigan oyoqlardir, eshtish zinosi- behayo so'zlarni eshtish,quloq solish,va yana jamiyatimizda eng keng tarqalgan, ifor zinosi-hidi o'tkir atirlarni sepib, erkaklarni o'ziga jalb qiladi, bu holat ko'proq ayollarda uchraydi.Lekin bu narsalarga insonlar juda yengil qaraydilar.
Aslini olganda jamiyatni barbod bo'lishi, iqtisodiy holatlarni yomomlashishi, hammasi mana shunday buzg'inchiliklardan kelib chiqadi.Yana jamiyatimizga nazar tashlaydigan bo'lsak,yoshlarimiz ikki yosh unashtirilgandan keyinoq munosabatlarni o'rnatib,uchrashib yurishadi.Shariatimiz bunday munosabatlarga nikohdan keyingina ruxsat beradi.Ular ham go'yoki zino qilib yurishgandek.Unashtirildi degani hamma narsa mumkin degani emas, har qanday holatda ham ikki yosh nikohgacha bir biriga harom bo'ladi.Bundan tashqari telefonda gaplashish yoki yozishish hattoki dars tomonlama bo'lsayam,o'zlari holi qolishlariga shariat ruxsat bermaydi ikki nomahram insonga.Bularning barchasi insonni rivojlanishdan,ilmdan to'sadi va oxiri falokatga oboradi.
Tarixga nazar soladigan bo'lsak, o'sha buyuk ajdodlarimizni ota- onalari pok va pokizalar bo'lishgan.O'zlarini bunday narsalardan tiyishgan, natijada ulardan qiyomatgacha nomlari madh etiladigan buyuk zurriyotlar dunyoga keldi.Mana qanday qilib farzandni olim qilib tarbiya qilish mumkin.Yoshlarimizdan so'rab qolardikki kelajak sizlarga qarab o'nglanishi mumkin,qilayotgan ishingizga nazar soling, buzg'nchiliklarni tark etib, salohiyatni takomillashtirish payti keldi.
Tayyorladi: N.Usmonjonova
Masʼul oʻqituvchi:M.Oʻrinova
Izoh qoldirish