07.12.2024

Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga salovat aytish haqida.

 

بسم الله لرحمن الرحيم 


Alloh taolo Ahzob surasi 56-oyatda marhamat qiladi :

 إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا


"Аlbatta, Аlloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yoʼllang".
Ushbu oyati karima hukmiga  ko‘ra har bir musulmon uchun umrida sevikli payg'ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga bir marta salovat aytishlik farzdir. Sahih qavlga ko‘ra , muborak nomlari zikr qilinganda salovat aytish vojib hisoblanadi. Hanafiy mazhabimizda namozning qadai oxirida salovat aytish sunnat amaldir.
Salovat aytishlik fazilatlariga kelsak, Qur‘oni karim tilovati va Allohning zikridan so‘ng keyin payg'ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga salovat aytish eng savobli amallardan hisoblanadi. Hadisi sharifda ham ko‘plab salovat aytishlik borasida hadislar kelgan. 
Hazrati Abdulloh ibn Mas‘ud raziyollohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam aytdilar: " Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqini eng ko‘p salovat aytganidir" Sunani Termiziy. 
Har bir mo‘min banda salovat aytishda bardavom bo‘lmog‘i lozim. Chunki mo‘minlar U Zot sallolohu alayhi vasallamning shafoatlariga muhtojdirlar. Ibn al- Qoyyum rahimahulloh aytdilar: " Agar banda payg'ambar alayhissalomga nafas olishdagi adadda salovat aytsa ham U Zotning haqlarini ado eta olmabdi" 
Agar banda salovat aytishlikning dunyo-yu ohiratdagi fazilatlarini qanchalik ko‘p bilganida edi, salovat aytishga shoshilgan bo‘lar edi. 
Shayx ibn Atoulloh Sakandariy rohimahulloh aytadilar: "Kim nafl ro‘za tuta olmagan va nafl namozlarni o‘qiy olmagan kishi Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga salovat aytishi lozim. Sababi, siz umr bo‘yi qilgan ibodatingiz bilan Alloh taolo siz uchun bir marotaba salovat aytganini tenglashtirilsa,siz umr bo‘yi qilgan ibodatingizdan Alloh taolo sizning haqqingizga bir bor aytgan salovati og'ir keladi. Chunki siz o‘z darajangizda namoz o‘qiysiz, ibodat qilasiz. Alloh taolo esa O‘z buyukligiga loyiq salovat aytadi. Alloh taoloning birgina salovati sizning butun umr qilgan ibodatingizdan ustun keladi. Endi U Zot siz uchun o‘n marta salovat aytsa, qanday bo‘ladi-a! Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallam: " Kim menga bir marta salovat aytsa, Alloh unga o‘n karta salovat aytadi" deganlar. 
Shunday ekan har birimiz salovat aytishlikka shoshilaylik! 
اللهم صل وسلم وبارك على سيدنا محمد
وعلى آله وارض عن أصحابه أجمعين

Muassasa talabasi O‘razboyeva Zarifa 
 

Izoh qoldirish